Xiaomi Mi 6 ertadan sotuvga chiqariladi

Xiaomi Mi 6 ertadan sotuvga chiqariladi

18 aprel kungi taqdimotdan so‘ng Xiaomi Mi 6 olish istagida bo‘lgan 2 milliondan ziyod kishi devaysga avvaldan onlayn ravishda buyurtma bergan. 80 ming dona smartfondan iborat ilk partiya 28 apreldan smartfon bozoriga chiqariladi.

Ekspertlarning fikricha, mazkur flagman dizayn jihatdan Samsung Galaxy S7’ni eslatib yuborsa, uning quvvat manbai S8’niki kabi sig‘imdor. Shuningdek, flagmandagi kamera texnologiyasi esa iPhone 7’dan qolishmasligi — uning smartfon bozorida muvaffaqiyat qozonishini ta’minlaydi.

Mi 6 flagmani 5,15 dyuymli Full HD displey, ayni paytda jahondagi ilg‘or — 2,45 GGs chastota tezligida ishlaydigan Snapdragon 835 protsessori, Adreno 540 videokartasi hamda 6 Gb tezkor xotira, 64 Gb/128 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. U 3.5 mm.li an’anaviy audio konnektordan voz kechga ilk xitoylik flagman telefon.

Gadjet orqa panelida 12 megapikselli qo‘sh modulli bosh kamera, old panelda esa 8 megapikselli old kamera o‘rnatilgan. Barmoq izlari skaneri old paneldagi botiq dizaynli bosh tugmaga joylashtirilgan. Devays kuch-quvvatini sig‘imi 3350 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan oladi. Smartfon Android 7.1.1 bazasidagi MIUI o‘zlashtirilgan tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Zanglamas po‘lat va shisha uyg‘unligidagi korpusga ega Mi 6 qora, oq va ko‘k rangli talqinlarda ishlab chiqarilmoqda. Uning 64 Gb doimiy xotirali talqini 363 dollardan, 128 Gb modeli esa 421 dollardan, xuddi shu modelning keramik korpusli talqini 436 dollardan sotuvga chiqariladi.

Talabning juda yuqoriligi tufayli Xiaomi bir necha oy davomida Xiaomi Mi 6’ga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmaydi. Xususan, kompaniya korpus yetkazib beruvchilar bilan ko‘proq korpus ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 6’ni yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi liniya 24 soat mobaynida ishlamoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!