Xiaomi Mi 6 flagmani 30 MP kamera-moduliga ega bo‘lishi mumkin

Xiaomi Mi 6 flagmani 30 MP kamera-moduliga ega bo‘lishi mumkin

Xiaomi kompaniyasi ijrochi direktori Ley Szyun (Lei Jun) kompaniyaning navbatdagi Xiaomi Mi 6 flagman smartfoni aprel oyida taqdim etilishini ma’lum qildi. Insayderlarning yozishlaricha, anonsning 11 yoki 18 aprelda bo‘lishi kutilmoqda.

Xiaomi Mi 6 haqidagi xabarlarda uning oddiy talqini 30 megapikselli kamera matritsasiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Ya’ni, qo‘sh ob’yektivli kamera modullarining har biri 15 Mp bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi ma’lumotlarda Xiaomi Mi 6 Sony’ning o‘ta ilg‘or IMX400, ya’ni 19 megapikselli kamera moduli bilan ta’minlanishi ham yozilgan. Smartfonning yuqori — Xiaomi Mi 6 Plus versiyasi esa 12 megapikselli Sony IMX 362 kamera moduliga ega bo‘ladi.

Xiaomi Mi 6 displey diagonali 5,15 dyuymli bazaviy hamda 5,7 dyuymli Xiaomi Mi 6 Plus talqinda ishlab chiqariladi. Ekrandagi piksellar sig‘imining Full HD (1920 x 1080 pikselli) bo‘lishi kutilmoqda. Yuqoridagi old paneldan ko‘rinib turibdiki, smartfon romsiz bo‘lmasa ham, uning ekran hoshiyalari juda yupqp dizayndi. Xiaomi Mi 6 hamda 6 Plus’ga ayni paytdagi kuchli protsessor bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 835, ya’ni Galaxy S8’dagi kabi chip o‘rnatiladi. Smartfon 4 yoki 6 GB operativ va 32/64/128 GB doimiy xotira talqinlarida ishlab chiqariladi.

Oddiy talqindagi versiya 3200 mA soat, yuqori talqindagisi 4500 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyatorga ega bo‘ladi. Flagmanlar Android 7.0 Nougat operatsion boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Xitoylik kompaniya ham koreyalik Samsung kabi, ushbu flagmanida ko‘zning rangdor pardasini skaner qilish texnologiyasini joriy qilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.