Xiaomi Mi 6’ning taxminiy suratlari paydo bo‘ldi

Xiaomi Mi 6’ning taxminiy suratlari paydo bo‘ldi

Bundan bir necha kun oldin internet tarmog‘ida Xiaomi Mi 6 deb taxmin qilinayotgan modelning suratlari paydo bo‘ldi. Axborot texnologiyalari, xususan, mobil aloqa vositalarini yoritadigan jahonnning ko‘plab internet resurslari  mazkur suratlarda aynan Xiaomi Mi 6 modeli tasvirlanganiga ishonishmoqda. Sababi hali tasdiqlanmagan smartfonning dizayni va ba’zi texnik ko‘rsatkichlari flagman model darajasida.

Suratdagi tasdiqlanmagan Xiaomi modelining old panelida doimgidek Home tugmasi joylashgan. Ushbu tugma bir vaqtning o‘zida barmoq izi skaneri vazifasini ham bajarishi aytilmoqda. Metalldan qilingan smartfonning orqa paneli Apple iPhone 5s kabi ikki xil rangda ishlangan. Kamera va LED  yuqori o‘ng tarafda joylangan.

gsmarena_001

Hozircha ushbu model ishlab chiqish bosqichida bo‘lgani bois hali uning texnik parametrlari haqida gapirishga erta. Qolaversa, bundan ikki hafta ilgari Xitoy kompaniyasi o‘zining kuchli flagmanlari: Xiaomi Mi 5S and Mi 5S Plus modellarini omma e’tiboriga havola etgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!