Xiaomi Mi 8 flagmanining eng ishonchli dizayni e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  1368
  •  21.05.2018 11:44

Xiaomi Mi 8 flagmanining eng ishonchli dizayni e’lon qilindi

Taqdimot sanasi yaqinlashgani sari «xitoycha Apple»ning navbatdagi bayroqdor smartfoni haqida turli ma’lumotlar chiqishi ko‘paymoqda. Jumladan, kuni kecha tarqalgan videoda bu gadjetning ish holatida ham ko‘rsatishgan.

O‘QING: Ish holatidagi Xiaomi Mi 8 «jonli» videoda: barmoq izi skaneri ekranda ekan!

Shunga qaramay, kuzatuvchilar orasida Xiaomi’ning navbatdagi smartfoni xususida ikki xil fikr mavjud. Ya’ni, ayrimlar fikricha, kompaniya bu flagmanini sanoq bo‘yicha Mi 7 deb emas, balki o‘zining sakkiz yilligi sharafiga Mi 8 deb nomlaydi. Boshqalar ta’kidlashicha, Xiaomi birato‘la ikki modelda – alohida-alohida Mi 7 hamda Mi 8 flagmanlarini taqdim etadi.

Slashleaks resursi e’lon qilgan suratda Xiaomi yubiley flagmanining eng haqiqatga yaqin dizayni aks ettirilgan.

Ko‘rib turganingizdek, smartfon old panelini deyarli butunicha displey tashkil etadi va uning tepasida «o‘yiq» mavjud. Shu joyda foydalanuvchi yuzini uch o‘lchamda skanerlovchi 3D Face texnologiyasi datchiklari o‘rin oladi.

O‘QING: Xiaomi Mi 7 ekrani suratlari chiqdi: «o‘yiq»li ekran va to‘laqonli 3D Face yuz skaneri!

Qurilmaning orqa panelida barmoq izi skaneri yo‘qligi ham alohida ahamiyatga ega.

Shunga qaraganda, daktiloskopik datchik yo displeyning o‘ziga joriy etiladi, yoki Xiaomi bu flagmanida undan butkul voz kechgan. Ya’ni, xuddi kupertinoliklarning iPhone X superflagmanidagi singari, Xiaomi Mi 8 yubiley smartfonida ham foydalanuvchi shaxsini aniqlash faqatgina uning yuzini skanerlash orqali amalga oshiriladi. Aytish kerakki, ayni damgacha birorta Android-qurilmada bunday funksional mavjud emas.

Darvoqe, Mi 8 modelining taqdimot sanasi sifatida ham ikki xil fikr bor – uni 23 yoki 31 may kuni taqdim etishlari mumkin. Xitoyda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda kompaniya Mi Band 3 «aqlli» bilaguzugini ham ko‘rsatishi kutilayotir.

O‘QING: Xiaomi Mi 8 qadog‘ining «jonli» surati barcha shubhalarga chek qo‘ydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!