Xiaomi Mi 8’ning narxlari allaqachon do‘konlarga chiqdi («jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  11156
  •  24.05.2018 11:55

Xiaomi Mi 8’ning narxlari allaqachon do‘konlarga chiqdi («jonli» suratlar)

Xiaomi kompaniyasi ushbu oyning oxirida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida o‘zining sanoq bo‘yicha Mi 7 hamda korporatsiyaning sakkiz yilligiga bag‘ishlangan Mi 8 smartfonlarini taqdim etmoqchi. Yubiley flagmanining ayrim xususiyatlarini esa u allaqachon yopiq taqdimot tadbirida ko‘rsatgan ham.

O‘QING: Xiaomi’ning maxfiy taqdimotida Mi 8 xususiyatlari va narxlari fosh bo‘ldi

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, xotira hajmiga ko‘ra Xiaomi Mi 8 smartfonining narxi 440 ddan to 500 AQSh dollarigacha bo‘lishi taxmin qilingan edi.

Xitoydagi do‘konlar allaqachon Xiaomi Mi 8 narxini e’lon qilib qo‘yishibdi:

E’lonlarga ko‘ra, bu flagmanni 2999 yuan narxida sotishadi, bu esa taxminan 470 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Ko‘rib turganingizdek, bu smartfonning 31 may kuni taqdim etilishi ham ta’kidlangan.

Bularda ayni shu narx Xiaomi Mi 8’ning qaysi modifikatsiyasiga tegishli ekani yozilmagan. Kuzatuvchilar taxminicha, 64 gigabayt hajmli flesh-xotiraga ega talqini bo‘lishi kerak.

O‘QING: Ish holatidagi Xiaomi Mi 8 «jonli» videoda: barmoq izi skaneri ekranda ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!