Xiaomi Mi MIX 2 nomiga munosib bo‘ladi

Xiaomi Mi MIX 2 nomiga munosib bo‘ladi

2016 yilning oktyabr oyida taqdim etilgan Xiaomi Mi MIX smartfoni jahonning ilk deyarli ramkadan holi mobil telefoni sifatida raqobatda IPhone 7S hamda Samsung Galaxy S7 kabi “kuchli”lar bilan bellasha boshladi. Xiaomi shu kunlarda mazkur smartfonning 2-avlodi bo‘lgan Xiaomi Mi MIX 2’ni namoyishga tayyorlamoqda.

Xiaomi bosh direktori Ley Szyun bu modelning tashqi dizayni ham mashhur fransiyalik dizayner-texnolog Filipp Stark tomonidan tayyorlanayotganini aytgan. Joriy yil yakuniga qadar Xiaomi kompaniyasi Mi MIX 2’ni taqdim qiladi.

Internetda hozirdanoq Mi MIX 2’ga oid suratlar tarqalmoqda. Ularda smartfonning orqa panelida qo‘sh ob’yektivli bosh kamerani, barmoq izlari skanerini ko‘rish mumkin. Ammo, ba’zi insayderlar barmoq izlari skaneri shisha ekrandan o‘rin olishini ham yozishmoqda.

Texnolog tahlilchi Pan Djiutangning aytishicha, Mi MIX 2 devaysi 6,4 dyuymli displey bilan ta’min qilinadi. Old panelning 93% qismi ekrandan iborat bo‘lib, uning matritsasi AMOLED bo‘ladi va ekran ikki yonga bukilgan dizaynda tasvirlangan. Shuningdek, Mi MIX 2’da tezkor xotira sig‘imi 6 GB, doimiy xotira 128 GB bo‘lishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!