Xiaomi Mi Mix 2S’ning ilk «jonli» videosini ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1896
  •  18.02.2018 20:23

Xiaomi Mi Mix 2S’ning ilk «jonli» videosini ko‘ramiz!

«Xitoycha Apple» tayyorlayotgan Mi Mix 2S smartfoni shu kunlarda katta qiziqishlarga sabab bo‘layotir. Mazkur gadjet joriy oy oxirida Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress anjumanida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2s: haqiqatga aylangan afsona

Xiaomi Mi Mix 2S’ning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, uning suratlari internetda ancha tarqalgan. Endi esa xitoyliklar bu smartfonning videosini ham tarmoqqa chiqarishdi.

Mana, tomosha qilamiz:

Afsuski, videolavha «qadimiy Xitoy an’analari bo‘yicha» tayyorlangan. Ya’ni, rolik qisqagina, shundayam smartfonning pastki yarmini ko‘rsatishgan, xolos.

Ishqilib, ushbu video ham mana bu voqeadagi kabi bo‘lib chiqmasin-da:

O‘QING: Bizni aldashibdi: iPhone X uslubidagi Xiaomi Mi Mix 2s suratlari feyk bo‘lib chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!