Xiaomi Mi MIX’ning hamyonbop talqini sotuvga chiqariladi

Xiaomi Mi MIX’ning hamyonbop talqini sotuvga chiqariladi

Xiaomi Mi MIX 2016 yilning eng ommabop va innovatsion smartfonlaridan biri bo‘ldi, deyish mumkin. Xitoylik tinib-tinchimas kompaniya ayni paytda bu modelning hamyonbop talqinini ishlab chiqarish bilan band. Xiaomi’ning rahbari ma’lum qilishicha, Mi MIX 2 arzon talqinda joriy yilda sotuvga chiqadi.

Insayderlar tarqatayotgan ma’lumotlarga qaraganda, deyarli ramkasiz, yirik ekranli smartfon Xitoyda 999 yuan, ya’ni $145 dollardan sotiladi. Eslatib o‘tamiz, original Mi MIX ilk marotaba 3999 yuan, ya’ni $580 dollardan sotuvga chiqqan edi.

Ayni paytda arzonlashtirilgan Xiaomi Mi MIX’da 2 Gb yoki 3 Gb operativ xotira, 16 Gb yoki 64 Gb doimiy ichki xotira versiyalarida ishlab chiqariladi. Modelning 3 Gb tezkor xotirali talqini $227 dollardan sotuvga chiqariladi. Hozircha arzon talqin uchun ham displeyning original talqindagi kabi, Sharp kompaniyasidan xarid qilinayotgani ma’lum.

2016 yilning noyabr oyida namoyish qilingan Xiaomi Mi Mix 2040 x 1080 piksel sig‘imiga ega 6,4 dyuymli displeyga ega bo‘lib, old panelning 91,3% qismini egallagan ekranning nafaqat yon tomonlari, balki yuqori va quyi qismlari ham romdan xoli dizaynda ishlab chiqarilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!