Xiaomi Mi Note 2 – yonmaydigan Galaxy Note 7…mi?

Xiaomi Mi Note 2 – yonmaydigan Galaxy Note 7…mi?

Tez orada Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining birinchi yon ekranli fableti – Xiaomi Mi Note 2 modelini namoyish etadi. Ushbu smartfon xususida paydo bo‘lgan yangiliklar va renderlar haqida saytimizda xabar qilgan edik. Xitoy shovvozining mazkur qurilmasi “bevaqt nobud bo‘lgan” Samsung Galaxy Note 7 fabletining to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi hisoblanadi.

Garchi model hali rasman taqdim etilmagan bo‘lsa-da, unga qarashli texnik parametrlar ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan. Xiaomi Mi Note 2 firma smartfonlari orasida brinchi bo‘lib yon ekranli AMOLED matritsaga ega bo‘ladi. Ekranning diagonali 5,7 dyuym, Full HD aniqligida.

mi-note-2-dabuuve

Gadjet maksimal chastotasi 2,35 GGs bo‘lgan 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 821 protsessorida ishlaydi. Tezkor xotira sig‘imi – 4/6 GB, doimiy xotirasi esa 64 yoki 128 GBni tashkil qiladi. Shubhasiz, kuchli kamera fabletdagi eng muhim komponentlardan sanaladi. Unga Sony IMX318 sensoriga ega 22,5 MPli asosiy (optik stabilizatsiya bilan) va 8 MPli old kamera o‘rnatiladi. Akkumulyatorning sig‘imi – 4070 mA/soat, Quick Charge 3.0 tezkor zaryadlash standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi Mi Note 2 korpusi alyuminiydan ishlangan. Hozircha model ikki xil rangda tayyorlanishi ma’lum qilingan. Narxi flesh-xotira sig‘imiga qarab 415 (64 GB) va 485 (128 GB) dollarni tashkil qiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!