Xiaomi Mi6: barcha modellarning narxi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi Mi6: barcha modellarning narxi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi Mi6 va Mi6 Plus flagmanlarini navbatdagi “o‘ta ilg‘or arzon smartfon” bo‘ladi, deyish bir oz qiyin. Garchi, ayfon va geleksining ilg‘or modellaridan arzon bo‘lsa ham, bu gal kompaniya o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshkora namoyon qilganday. Shunday qilib, 5,15 dyuymli Xiaomi Mi6’ning eng arzon talini, ya’ni 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega talqini 1 999 yuan, ya’ni deyarli 2 million so‘mdan sotuvga chiqariladi.

Flagmanning doimiy ichki xotira sig‘imi 64 GB bo‘lgan versiyasining bahosi 2 299 yuan, ya’ni 2.3 million so‘mga yetadi. Xiaomi Mi6’ning eng yuqori, 6 GB operativ xotira va 128 GB doimiy xotira talqini 2 699, 2 million 700 ming so‘mdan bozorga chiqariladi. Modomiki, smartfonning barcha modellarida yilning eng kuchli Snapdragon 835 protsessori o‘rnatiladigan bo‘lsa, bu narx juda arzon degani. Bu protsessorning bir oz “eski”, ya’ni 821 talqiniga  ega LG G6’ning xalqaro bozorda 749 yevrodan savdoga chiqarilishini unutmaslik kerak. Ustiga-ustak smartfonda qo‘sh ob’yektivli Sony’ning eng ilg‘or ob’yektivlari o‘rnatiladigan bo‘lsa, yanayam hayratlanarli.

Xiaomi Mi6 Plus 5,7 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, uning piksellar sig‘imi QHD bo‘ladi, ya’ni hozirgi davrning eng ilg‘or ekrani. Uning 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega versiyasi 2 599 yuandan, 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira talqini 2 999 yuandan sotuvga chiqadi. Bu flagmanning hatto 8 GB tezkor va 256 GB doimiy xotirali talqini ham bozorga chiqarilishi hayratlanarli. Bu talqin 3 499, ya’ni 3,5 million so‘mdan sotuvga chiqadi.

Mi6 korpusi keramikadan ishlab chiqariladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi flagmanlarini 16 aprelda taqdim qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!