Xiaomi “Mi6” flagmani fotosi va narxini e’lon qildi

Xiaomi “Mi6” flagmani fotosi va narxini e’lon qildi

Xitoyning ommabop Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xiaomi kompaniyasining yangi flagmanining suratlari tarqalib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, ularni kompaniyaning Mi News sahifasi e’lon qilgan. Shu yilning aprelida namoyish etilishi kutilayotgan Xiaomi Mi6 kompaniyaga 2017 yildagi smartfon savdosida raqobatda peshqadam bo‘lishi uchun kurashadi.

Batafsil

Kompaniya o‘zining veb-saytida yangi “bayroqdor” smartfonining suratlarini e’lon qilgan. Suratda Xiaomi Mi6 keramik korpusda tasvirlangan. Uning orqa paneli qayrilma, ekran ustiga esa yaxlit shisha qoplangan. Displey hoshiyalari juda ingichka, old panelning ustki hamda quyi tomonlarida ham rom ulushi kam.

Avvalgi xabarlarimizda aytganimizdek, Xiaomi Mi6 hozircha eng kuchli bo‘lgan Snapdragon 835 protsessoriga ega bo‘ladi. Bunday chip hozircha Sony Xperia XZ Premium o‘rnatilgan, Samsung Galaxy S8 va S8 Plus’ga o‘rnatilishi kutilmoqda.

Xiaomi Mi6 devaysining 8 GB operativ xotira bilan ta’minlanishi ma’lum qilingan. Yana bir muhim jihati – qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasidir. Uning uchun ham hozirda eng kuchli, 5 pozitsiyali optik barqarorlashtirish qurilmasiga ega Sony IMX400 kamera modullaridan foydalaniladi.

Xiaomi Mi6 turli doimiy xotiralarga ega 3 talqinda ishlab chiqariladi:

Xiaomi Mi6 – 64 GB doimiy xotira – 1999 yuan (2 mln. so‘m)
Xiaomi Mi6 -128 GB doimiy xotira – 2299 yuan (2,3 mln. so‘m)
Xiaomi Mi6 – 256 GB doimiy xotira – 2899 yuan (2,9 mln. so‘m).

Darvoqe, xitoycha “shiaomi” so‘zi “yorma”, ya’ni maydalangan don degani. Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi qonli urush vaqtida yorma ko‘pchilik xitoyliklarni o‘limdan asrab qolgan. Bugun ham undan tayyorlangan taomlar Xitoyda mashhur. Shiaomi xitoyliklar uchun hayot ramziga aylangan. Kompaniya uning hurmati uchun ham o‘ziga shunday nom tanlagan.

Smartfonlari va mobil gadjetlari qatorini tobora sifatli va arzon elektron mahsulotlar bilan to‘ldirib borayotgan Xitoylik Xiaomi kompaniyasi yaqin yillar ichida Apple kabi kuchli korporatsiyani inqirozga uchratishi ekspertlar tomonidan aytilgan edi. Bu haqda quyidagi maqolada o‘qing.

Ekspertlar Apple’ning «qotili»ni aytishdi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.