Xiaomi Mi6’ning taqdimot kuni rasman tasdiqlandi

Xiaomi Mi6’ning taqdimot kuni rasman tasdiqlandi

Flagman smartfonlarning yangi avlodi bo‘lmish Xiaomi Mi6’ning taqdimoti joriy yilning 19 aprel kuniga belgilandi. Bu to‘g‘ridagi xabar bugun Xiaomi kompaniyasining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy mikrobloglaridan birida e’lon qilingan.

Bundan bir necha kun avval kompaniya rahbari o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Xiaomi Mi6’ning kamerasida olingan suratni namoyish qilgan edi. Hozircha Xiaomi yangi flagmanning texnik xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib, uning kompaniya tashkil topganidan boshlab, ya’ni 7 yillik faoliyat davomida olib borilgan ilg‘or izlanishlarning natijasi bo‘lgan texnologiyalarning joriy qilinishini aytgan.

Insayderlarning yozishlaricha, Xiaomi Mi6 2 xil modifikatsiyada, ya’ni 2,4 GGs chastota tezligida ishlaydigan Snapdragon 835 hamda 2,2 GGs. chastota tezligida ishlaydigan yana boshqa bir protsessorli talqinlarda sotuvga chiqariladi. Bu flagman 4/6 Gb operativ xotira, 64/128 Gb doimiy xotira, ko‘zning rangdor pardasini skaner qilish qurilmasi, an’anaviy biometrik datchik, 8 Mp old va 30 MP bosh kamera hamda metall va keramik korpus bilan ta’minlanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!