Xiaomi Mi6 tezkor ishlashda Galaxy S8 va iPhone 7 Plus’ni ortda qoldirdi

Xiaomi Mi6 tezkor ishlashda Galaxy S8 va iPhone 7 Plus’ni ortda qoldirdi

Mobil qurilmalarning protsessori va platformalari faoliyatining samaradorligini baholaydigan Geekbench benchmarki ma’lumotlar bazalarida namoyishga tayyorlanayotgan Xiaomi Mi 6 flagman smartfonining imtihon natijalari qayd etildi.

Sinov tizimida «Mi 6» nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan «Xitoycha Apple» platformadagi barcha yadrolarning ishlash samaradorligi bo‘yicha iPhone 7 Plus gadjetini ortda qoldirgan. Shuningdek, hali taqdim etilmagan smartfon yagona yadroda ishlash bo‘yicha hamda ko‘p yadroda ishlash rejimlarida Samsung Galaxy S8’dan ham o‘zib ketgan.


Geekbench ma’lumotlar bazasida aniqlangan Xiaomi Mi6’da Galaxy S8’da mavjud Qualcomm Snapdragon 835 protsessori hamda 6 gigabaytli tezkor xotira, Android 7.1.1 operatsion tizimi o‘rnatilgan. iPhone 7’da esa operativ xotira sig‘imi 3 GB hamda Galaxy S8’da 4 GB.

Yagona yadrolar o‘rtasidagi kurashda Xiaomi Mi6 2006 ball, ko‘p yadroli kurashda 6438 ball qayd etgan. Taqqoslash uchun aytamiz, jahonning eng kuchli protsessori deb hisoblab kelingan Apple A10 Fusion, ya’ni iPhone 7 Plus’ning “yurakcha”si bu borada 3512 hamda 6083 ball to‘plagan. 8 yadroli protsessor Xiaomi Mi6’ga ko‘p yadroli rejimda iPhone 7’dan ustun kelish imkonini bergan. Galaxy S8 esa mart oyida o‘tkazilgan bu sinovda 1929 hamda 6084 ballarni to‘plashga erishgan.
Xiaomi Mi6 platformasining samaradorligi:
Bu testda Xiaomi Mi6 flagmani o‘zidagi kabi Qualcomm Snapdragon 835 platformasiga ega Samsung Galaxy S8, shuningdek SoC Exynos 8895 platformasiga ega Samsung Galaxy S8+ smartfonlarini ortda qoldirgan.

Qualcomm Snapdragon 835 ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha 10 nanometrli chip bo‘lib, 2,45 GGs chastota teziligiga ega 4 ta yadro hamda 2 MB kesh-xotiraga, shu bilan birga 1,6 GGs chastota tezligida ishlaydigan yana 4 ta quvvat tejovchi yadro va 1 megabaytli kesh-xotira majmuasidan tarkib topgan.

Xiaomi Mi6 anonsi 19 aprelda kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning standart talqini 5,15 dyuymli, yuqori talqini bo‘lgan Xiaomi Mi 6 Plus — 5,7 dyuymli sig‘imi Full HD (1920 x 1080 pikselli) displeylarda ishlab chiqariladi. Uning barcha versiyalari Qualcomm Snapdragon 835 protsessoriga ega bo‘ladi. Smartfonning grafik-tasvirni qayta ishlashi uchun esa Adreno 540 video-kartasi mas’ul.

Xiaomi Mi6 aprel oxiridan boshlab sotuvga chiqariladi. Uning insayderlar tomonidan taqdim qilingan narx-navosi bilan tanishing.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!