Xiaomi MIUI 9 taqdimot vaqti, qaysi smartfonlarda ishlashini aytdi

Xiaomi MIUI 9 taqdimot vaqti, qaysi smartfonlarda ishlashini aytdi

MIUI proshivkasini Xiaomi smartfonlarining eng yaxshi jihatlari qatoriga qo‘shish mumkin. Uning ishlab chiqilishi va yangilab olinishi uchun ishlab chiqaruvchining o‘zi javob beradi. Kompaniya deyarli har haftada bu operatsion tizimda yangi biror jihatni joriy qiladi. Natijada, smartfon ishlashining “qotish”lari cheklanib, xavfsizlik tizimi takomillashb bormoqda. iOS hamda Windows Phone qurilmalaridan tashqari barcha operatsion tizimlari kabi, MIUI ham Android operatsion tizimining o‘zlashtirilgan talqinidir.

Ayni paytda Xiaomi kompaniyasi barcha mobil gadjetlari uchun bosqichma-bosqich ravishda MIUI 8’ning Android Nougat’ni qo‘llab-quvvatlaydigan talqinini joriy qilmoqda. Shu bilan birga, kompaniya MIUI 9 proshivkasini ham ishlab chiqarmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur talqin qator ilg‘or jihatlarga ega bo‘ladi. Jumladan, u innovatsion Android 7.0 Nougat tizimi bazasida faoliyat ko‘rsatadi. MIUI 9 tizimini Mi6, Mi5C, Mi Mix, Mi Note 2, Mi5, Mi5S, Mi5S Plus, Mi4S, Mi4C, Mi Max, Redmi 4X, Redmi Note 4/4X va kompaniya ishlab chiqargan boshqa o‘nlab modellar egalari yuklab olishlari mumkin.

MIUI 9 tizimining muhim afzalliklaridan biri — ekranni ikkiga bo‘lib qo‘yish foydalanish imkonining yaratilishidir. Bu jihatni tizimga tegishli standart yoki yuklab olingan xohlagan ilovada foydalanish mumkin. Xiaomi yangi proshivkani 2017 yilning 2-yarim yilligida bosqichma-bosqich e’lon qiladi. Kompaniya bu to‘g‘rida o‘zining hamkorlariga ma’lum qilgan. Ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, bu operatsion tizim iyulda taqdim qilinadi.