Xiaomi’ning iPad mini 4’dan 150 dollarga arzon plansheti sotuvga chiqmoqda

Xiaomi’ning iPad mini 4’dan 150 dollarga arzon plansheti sotuvga chiqmoqda

Xiaomi kompaniyasi 7,9 dyuymli ekranga ega Xiaomi Mi Pad 3 planshet kompyuterini rasman taqdim qildi. Bu devays bozorda $399 dollardan sotilayotgan Apple iPad mini 4’ga qarshi $220 dollardan sotuvga chiqariladi.

7,9 dyuymli displeyning piksellar sig‘imi 2048 x 1536 belgiga teng. Har dyuymdagi piksellar miqdori 326 ta, ya’ni raqibiniki bilan bir xil. Xiaomi Mi Pad 3 bir kristalli, chastota tezligi 2,1 GGs bo‘lgan MediaTek protsessori bilan ta’minlangan. Gadjet korpus to‘liq metalldan tayyorlangan bo‘lib, uning ustiga yengil notekis tekstura tushirilgan.

Xiaomi Mi Pad 3 tezkor xotirasi 4, doimiy xotirasi esa 64 GB sig‘imli. Undagi bosh kamera 13 hamda orqa kamera 5 Mp.

Korpusda USB-C porti mavjud, shuningdek planshet Bluetooth 4.1 hamda Wi-Fi 802.11ac aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjetdagi akkumulyator sig‘imi esa 6600 mA soat. Planshet Android 7’ning o‘zlashtirilgan MIUI 8 interfeysida faoliyat ko‘rsatadi.

Xiaomi Mi Pad 3 Xitoyda ertadan boshlab ommabop internet do‘konlarda sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!