Xiaomi’ning yanagi devaysi narxda Galaxy S8’ni changda qoldiradi

Xiaomi’ning yanagi devaysi narxda Galaxy S8’ni changda qoldiradi

Internet-riteyleri, ya’ni onlayn buyurtma orqali mahsulot yetkazib beruvchilar doim ham hali taqdim qilinmagan smartfonlar haqida ma’lumot qo‘yavermaydilar. Ammo, taniqli GearBest do‘koni o‘zining sahifasida Xiaomi tayyorlayotgan va hali taqdim qilinmagan Mi MIX 2 — jahondagi ilk romsiz smartfonning 2-avlodi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Yetkazib beruvchiga ko‘ra, Mi MIX 2 gadjeti ayni paytdagi flagman protsessor — Qualcomm Snapdragon 835’ga ega bo‘ladi. Ma’lumki, hozirda bozordagi Samsung Galaxy S8 / S8 Plus, Sony Xperia XZ Premium hamda Xiaomi Mi 6 telefonlari ushbu kuchli chipga ega. Mi MIX 2 devaysi 4, 6 yoki 8 Gbayt tezkor xotira hamda 128 yoki 256 Gbayt doimiy xotira bilan ta’minlanadi. IP68 sertifikatiga ega bo‘ladigan fablet korpusi chang va suv ta’siridan himoyalangan bo‘ladi.

Xiaomi Mi MIX 2 uchun AMOLED texnologiyasidagi 2560 × 1440 pikselli, diagonali 6,4 dyuym bo‘lgan displey tanlanishi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, old panelning 93 foiz qismi ekrandan iborat bo‘ladi. Shuningdek, smartfonga 19 Mp bosh va 13 Mp old kamera o‘rnatiladi. Uning akkumulyator sig‘imi 4500 mA·soat bo‘ladi. O‘lchamlari: 158 × 81,9 × 7,9 mm., vazni 209 gramm.

Narx-navo masalasida esa Xiaomi bir oz oshirib yuborgandek 🙂 GearBest resursiga ko‘ra, Mi MIX 2’ning bazaviy talqini (4 Gbayt tezkor xotira, 128 Gbayt doimiy flesh-xotira) $850, 8 Gbayt «operativka» hamda 256 Gbayt doimiy xotiraga ega eng qimmat talqini $1100 dollardan sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda janubiy koreyalik IT-gigantning Galaxy S8 flagmani 823 dollardan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!