Xiaomi o‘z geymer-smartfoni – Black Shark’ning ilk reklama tizerini chiqardi!

  •   DiMaX
  •  1071
  •  06.04.2018 17:49

Xiaomi o‘z geymer-smartfoni – Black Shark’ning ilk reklama tizerini chiqardi!

«Xitoycha Apple»ning taqdimotga tayyorlayotgan o‘yinbop smartfoni – Black Shark shu kunlarda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘layotir. Shunga arziydiyam-da: axir, u hali fevraldayoq benchmarkda eng yuksak natija qayd etgan edi.

O‘QING: Xiaomi’ning hali taqdim etilmagan geymer-smartfoni AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Yangi geymerofonga bo‘lgan qiziqish kuchayib borishida 3 aprel kuni tarqatilgan Black Shark suratlarining ham hissasi katta. Ammo ikki kun o‘tmasidanoq ularning feyk ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.

 Xiaomi korporatsiyasining ushbu mahsulotini ishlab chiqarish uchun mas’ul Black Shark kompaniyasi, nihoyat, smartfonning ilk eskizini taqdim etdi. Shundayam butunicha emas – rasmda qurilmaning faqat bir tomoni silueti tasvirlangan, uning ham pastki qismi yo‘q.

Ko‘rib turganingizdek, Black Shark hech qanaqa nostandart shaklga ega emas, burchaklari dumaloqlangan oddiy to‘rtburchak telefon ekan. Korpusining o‘ng qirrasida bittagina tugmacha ko‘zga tashlanadi.

3 aprelda tarqatilgan feyk rasmlarga ko‘ra, Black Shark qurilmasi smartfon bo‘lishdan tashqari, Nintendo Switch yoki PS Vita kabi ixcham o‘yin pristavkasi vazifasini ham bajaradi. Devaysni gorizontal holatda ushlaganda, uning ekrani yon tomonlarida joystik, «+» shaklli va boshqa bir qator tugmachalar o‘rin olgan. Lekin afsuski...

O‘QING: Bizni laqillatishibdi: Xiaomi Black Shark rasmlari feyk ekan!

Aftidan, 13 aprelga belgilangan Black Shark taqdimotigacha Xiaomi hali uning bir nechta suratini bitta-bittalab e’lon qilib borsa kerak. Geymerofonning asosiy xususiyatlarini ham ishlab chiqaruvchining o‘zi rasman, ammo birin-ketin ma’lum etib borishi kutilayotir. Ulardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

Xiaomi’ning rasman taqdim etilgan va bozorga chiqarilgan boshqa ko‘plab smartfonlari esa O‘zbekistonda ham sotilmoqda. Jumladan...

O‘QING: Xushxabar: Redmi Note 5 Pro «Malika»ga keldi! Ammo narxi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!