Xiaomi rahbari yangi Redmi smartfonlari haqidagi "dahshatli" haqiqatni aytdi

Xiaomi rahbari yangi Redmi smartfonlari haqidagi

Joriy yil yakuniga qadar kutilayotgan Redmi 5, Redmi 5A, Redmi 5 Plus hamda Redmi Note 5 smartfonlari so‘nggi mish-mishlarning diqqat-markazida bo‘lib turibdi. Xiaomi rejasiga ko‘ra, bu modellar sentyabrdayoq taqdim qilinishi kerak edi. Bugun esa xitoylik kompaniya "dahshatli" haqiqatni oshkor qildi.

Bir necha soat ilgari Xiaomi kompaniyasi bosh direktori brend muxlislarining so‘rovlaridan so‘ng Redmi 5, Redmi 5 Plus hamda Redmi Note 5'ning kechikishiga rasman izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi shu kunlarda o‘z omborlarini imkon qadar ko‘proq Redmi 5, Redmi 5 Plus hamda Redmi Note 5 modellari bilan to‘ldirmoqda.

Ma’lumki, kompaniya yangi smartfon taqdimotidan bir kun o‘tib yangi gadjetni savdoga chiqarishni odat qilgan. Uning yangi devayslarining ilk partiyasi esa sanoqli daqiqalarda sotilib ketadi. Bu holatning oldini olish uchun kompaniya yangi devayslar taqdimotini surishga majbur bo‘lmoqda.

O‘qing: Xiaomi'ning "yil trendi"ga mos yangi smartfonlari va narxlari ma’lum bo‘ldi

Xitoyning yirik korporatsiyasining yuqori martabali shaxsi hozircha taqdimotning sanasini ma’lum qilmagan. Redmi va Redmi Note turkumida yangi modellarning yil oxiriga qadar namoyish qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu mobil qurilma ekrani bugungi trend asosida romsiz va tomonlari nisbati 18:9 ga teng bo‘ladi. Shuningdek, devayslarning protsessori ham samarador bo‘ladi. Redmi 5 modeli 5,5 dyuymli va HD + (1440 x 720) displey bilan ta’minlanadi. Redmi 5 Plus hamda Redmi Note 5 esa 5,9 dyuymli FullHD + (2160 x 1080) ekranlar bilan ta’minlanadi.

Ryedmi 5'da 3 gigabaytli tezkor va 32 GB doimiy xotira bo‘ladi. «Plus» modeli esa 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Shuningdek, ularning narxi ham 170 dollardan 300 dollargacha bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.