Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus: rasmiy suratlari va videosi

  •   DiMaX
  •  2666
  •  04.12.2017 17:09

Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus: rasmiy suratlari va videosi

Xitoylik ushbu smartfonsozning hamyonbop Redmi 5 va Redmi 5 Plus modellari 7 dekabrda taqdim etilishidan xabaringiz bor. Bugun shu ikkala smartfon rasmiy suratlari tarqaldi va videosi e’lon qilindi. Bu xususda Gizmochina nashri yozgan.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi romsiz Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus taqdimot sanasini aytdi

Har ikkala model ham bitta modulli bosh kameraga ega bo‘lib, u smartfon korpusining orqa panelidan sal yuqoriroq ko‘tarilib turadi. Kamera datchigi ostidagi chaqnoqdan pastda esa barmoq izi skaneri o‘rin olgan.

Redmi 5 va uning «Plus»li modelida displeylarning burchaklari dumaloqlangan, romlari yupqa bo‘ladi. Korpus metalldan ishlangan bo‘lib, tasvirlarga ko‘ra, qurilmalar qora, moviy, tillarang va pushti ranglarda taqdim etiladi.

Ko‘rinib turibdiki, Xiaomi Redmi 5 modeli Redmi 5 Plus’ga nisbatan salgina ixchamroq. U diagonali 5,7 dyuymlik, HD+ sifatli (1440x720 pikselli) displeyga ega. Snapdragon 450 protsessori va versiyasiga qarab 2 hamda 3 gigabaytlik tezkor xotirasi bo‘ladi. Ularning ikkalasi ham, gap-so‘zlarga qaraganda, 32 gigabaytlik ichki xotiraga ega. Asosiy kamera 12, selfi-kamera esa 5 megapikselli. Batareyasi olinmaydigan bo‘lib, 3300 mA/soat sig‘imga ega.

O‘QING: Xiaomi'ning "yil trendi"ga mos yangi smartfonlari va narxlari ma’lum bo‘ldi

Xiaomi Redmi 5 Plus esa 5,99 dyuymlik, FullHD+ sifatli (2160x1080 pikselli) displey bilan jihozlangan. Apparat ta’minoti ham nisbatan ilg‘or – 3/4 gigabaytlik tezkor hamda 64 gigabaytlik ichki xotirasi bor. Uning samaradorligini 64 bitli, sakkiz yadroli Snapdragon 625 protsessori ta’minlaydi. Kameralari xuddi Xiaomi Redmi 5 modelidagi kabi, akkumulyatori esa sal kattaroq – 4000 mA/soat sig‘imli bo‘ladi.

Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus uchun Android Nougat operatsion tizim talqini asosida ishlangan MIUI 9 proshivkasi tanlangan. Ularning Xitoydagi narxlari tegishlicha 105 va 160 AQSh dollari bo‘lishi taxmin qilinayotir.

O‘QING: Xiaomi Redmi 5 modellari internet do‘konida paydo bo‘ldi

Xiaomi mazkur modellar uchun ajoyib reklama roliklari ham tayyorlagan, ularni quyidagi bitta videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Darvoqe, dunyo bozorida tobora tez tanilib va ishonch qozonib kelayotgan Xiaomi’ga raqobat qilibmi, yo boshqa sababi bormi – ishqilib, yana bir xitoylik yirik smartfonsoz ham ayni shu kuniga taqdimot rejalashtirgan.

O‘QING: Huawei romsiz Nova 2s smartfoni taqdimotini Xiaomi’ning Redmi 5 modeli taqdimot kuniga belgiladi