Xiaomi Redmi Note 4 bo‘laklarga ajratildi

Xiaomi Redmi Note 4 bo‘laklarga ajratildi

Fonearena resursi mashhur smartpedlardan biri bo‘lgan Xiaomi Redmi Note 4 modelining ta’mirlashga bo‘lgan yaroqliligini tekshirib ko‘rdi. Qurilmaning Snapdragon 625 chipi bilan bir necha hafta ilgari chiqarilgan versiyasi resurs tomonidan bo‘laklarga ajratildi.

Smartfon korpusida birorta vint bo‘lmagani bois orqa metall panelni ingichka plastina yordamida ohista korpusdan ajratish mumkin. Orqa panelning ostida sig‘imi 4100 mA/soat bo‘lgan batareya joylashtirilgan. Batareyadan keyin hech qanday muammolarsiz boshqa komponentlarni alohida qilib yechish mumkin.

Qurilmaning komponentlari ortiqchi qiyinchiliksiz korpusdan ajratiladi, uni ta’mirlash mutaxassislarga muammo tug‘dirmaydi. Resurs xodimlari modelning ta’mirlashga yaroqliligini yuoqri baholab, maksimal 10 balldan 8 ball qo‘yishgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.