Xiaomi Redmi Note 4 Snapdragon 625 bilan quvvatlantirildi

Xiaomi Redmi Note 4 Snapdragon 625 bilan quvvatlantirildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 4 modelining Snapdragon 625 bilan jihozlangan versiyasini namoyish qildi. Yangi modifikatsiya Hindiston bozoriga mo‘ljallangan. O‘tgan yili taqdim qilingan smartfon versiyasiga Helio X20 protsessori o‘rnatilgan edi.

Gagadget nashrining yozishicha, apparatda protsessor markasi o‘zgargan xolos, qolgan texnik parametrlar saqlab qolingan. Modelga 5,5 dyuymli Full HD ekran, 2/3/4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Kameralar sensori 13/5 Mp. Qurilma Android 7.0 versiyasila ishlaydi. Batareya sig‘imi – 4100 mA/soat.

Modelning 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega versiyasi 146 dollar, 3 GB operativ xotirali versiya esa 161 dollar narxida ertaga Hindistonda sotuvga chiqariladi. 4/64 GBli versiyaning narxi 190 dollarni tashkil qiladi.