Xiaomi Redmi Note 4X yangi talqinda namoyish qilindi

Xiaomi Redmi Note 4X yangi talqinda namoyish qilindi

Xiaomi kompaniyasi smartfonlarning nafaqat ichki, balki tashqi jihatlariga, jumladan korpus ranglariga ham alohida diqqat qaratadi. Shu yilning fevral oyida $145 dollardan sotuvga chiqarilgan Redmi 4X’ning ilk partiyasi bir necha soniyalar ichida sotilib ketgan edi. Ayni paytda ham bozorda bu gadjetga ehtiyoj yuqori.

Kompaniya o‘tgan haftada Redmi Note 4X smartfonini ochiq ko‘k rangli korpusda taqdim qildi. Uning orqa paneli ko‘k, old paneli oq rangda. Shuningdek, smartfonning ichki platformasida ham takomillashuv kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Redmi Note 4X’ning eng yuqori (4 + 64 GB) talqiniga Helio X20 ot MediaTek o‘rnatilgan edi. Shu vaqtga qadar uning oddiy talqini Snapdragon 625 chipi va 3 + 32 GB xotiraga ega bo‘lgan.

Ko‘k rangli talqinga esa Snapdragon 625 protsessori, 4 gigabaytli tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Shu taxlit yaxshi va arzon smartfonlar qatori yana bittaga boyidi.

Xiaomi Redmi Note 4X hozircha Xitoyning JD, Aliexpress onlayn do‘konlarida, shuningdek ishlab chiqaruvchining saytida $206 yoki $219,99 dollardan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!