Xiaomi Redmi Pro 2 — bir kam flagman 174 dollarga baholanadi

Xiaomi Redmi Pro 2 — bir kam flagman 174 dollarga baholanadi

Bir fursat avval xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Xiaomi’ning rasmiy Mi.com saytida kompaniya shu kunlarda tayyorlayotgan Xiaomi Redmi Pro 2 “aqlli telefoni” e’lon qilingan edi. Bu kompaniyaning “qo‘sh ko‘z” ya’ni bosh kamerasi 2 ta sensorli bo‘lgan navbatdagi mobil telefoni.

Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi Redmi Pro 2 smartfoni 5.5 dyuymli, sig‘imi Full HD (1920 x 1080 pikselli) OLED ekran bilan ham o‘ziga xos.
Ichki platformada Xiaomi Redmi Pro 2 smartfoni Android qurilmalar orasida birinchilardan bo‘lib Qualcomm’ning o‘rta darajali yangi va ilg‘or, 8 yadroli Snapdragon 660 protsessori, Adreno 512 videokartasiga ega bo‘ladi.

Xiaomi Redmi Pro 2’ning 4,100 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatori, 16 megapikselli sensorlardan iborat bosh kamerasi bilan ta’minlanishi ma’lum qilingan.

Xiaomi Redmi Pro 2’ning 1199 yuan yoki 174 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. “Qo‘sh ko‘z”li, o‘rta darajali kuchli protsessor va sifatli ekran uchun bu narx — nihoyatda quvonarli.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!