Xiaomi smartfon bozorida "portlash" qilmoqda

Xiaomi smartfon bozorida

Xiaomi kompaniyasining bozordagi o‘rni haqida har gal xabar yozganimizda ko‘pchilik uning kun kelib yetakchilar qatoridan o‘rin egallashiga shubha bilan qarar edi. Mana, nihoyat, "xitoylik Olma" jahonning 5 nafar eng peshqadam smartfonsozlari qatoridan o‘rin egalladi. Aniqrog‘i, 2017 yilning so‘nggi choragida ma’lum qilingan xabarlarga ko‘ra, Xiaomi brendiga mansub 28 million dona "aqlli telefon" sotilgan va avvalgi yilning shu davriga nisbatan o‘sish 96,9% ni tashkil qilmoqda.

Bu to‘g‘rida IDC kompaniyasi tahlilchilari ma’lum qilishgan.

So‘nggi chorakda smartfon ishlab chiqarishda Apple yaqqol yetakchilik qilmoqda. Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, amerikalik brend 77,3 million dona smartfon sotgan. Samsung esa 74,1 million dona mobil telefonlarni tarqatgan. Uning jahon smartfon bozorida bu chorakdagi ulushi 18,4% ni tashkil qiladi.

Huawei 10,2% ulush, ya’ni 41 million dona smartfon bilan jahonning uchinchi raqamli smartfonsozi bo‘lib turibdi. Undan so‘ng Xitoyda mashhur Oppo turibdi. To‘rtinchi chorakda bu brend 27,4 million dona smartfon sotgan. Uning bozordagi ulushi 6,8%.

Umuman olganda, 2016 yil bilan taqqoslaganda, 2017 yilning IV choragida mobil qurilmalar bozorida 6,3% pasayish kuzatilgan. Bu chorakda dunyo elektronika bozoriga 403,5 mln. dona smartfon yetkazib berilgan. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 430,7 mln. donani tashkil qilgan edi.

Ekspertlarning fikricha, smartfonlarning qimmatlashib borayotgani bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!