Xiaomi smartfonlari kafolat shartlarini bilib oling va Redmi 5 Plus videotavsifini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  6631
  •  20.02.2018 15:19

Xiaomi smartfonlari kafolat shartlarini bilib oling va Redmi 5 Plus videotavsifini tomosha qiling!

Sizga sevimli «Terabayt.uz» sayti o‘zining YouTube-kanaliga turli smartfonlarning videotavsifini joylab borayotganidan xabaringiz bor. Navbatdagi tavsif «xitoycha Apple»ning yangi modellaridan biri, savdoga chiqarilgan so‘nggi smartfoni – Xiaomi Redmi 5 Plus qurilmasiga bag‘ishlangan.

O‘QING: Xiaomi Redmi 5 Plus: 5, "plyusi bilan"!

Xiaomi’ning ushbu smartfoni hadeb suratga tushavermaydigan, «top» samaradorlik ortidan chopmaydigan, biroq displeyda tasvir va tomosha ko‘rishga ishtiyoqmand odamlarga juda mos keladi. Haddan tashqari hashamni yoqtirmaydigan, biroq yangi tendensiyalarga ega smartfonni xohlaydigan xaridorlar uchun Redmi 5 Plus ayni muddao.

Mana, uning videotavsifini tomosha qilamiz:

O‘QING: Xushxabar: Toshkentda Xiaomi servis markazi ochildi!

Videolavhada aytib o‘tilganidek, Toshkent shahrida ham Xiaomi kompaniyasining rasmiy servis markazi ochilgan. U yerda bepul kafolat xizmatlari olish uchun, xarid qilinayotgan Xiaomi smartfonining jamlanmasida uning O‘zbekistonda rasman sotilayotganligini tasdiqlovchi tegishli belgilar bo‘lishi lozim. Bular quyidagilardir:

  1. Qadoqning qopqog‘ini yopishtirib ushlab turuvchi, kattakon «MI» yozuvli gologrammali stiker.
  2. Qutining orqa (pastki) tomoniga yopishtirilgan doirasimon shaklli, gologrammali va «UzService.uz» yozuvli stiker.

3. Qadoq ichiga solingan, rus va o‘zbek tillarida yozilgan kafolat taloni. Undagi tegishli maydonlar xarid chog‘ida to‘ldirilib, sotuvchining muhri bilan tasdiqlanadi.

Shu uchta kafolat belgisi bo‘lgan qurilmalarga Xiaomi servis markazida bepul, qolgan Xiaomi devayslariga esa pulli asosda xizmat ko‘rsatiladi.

O‘QING: Xiaomi'dan yaxshi smartfon tanlaymiz, bu – oson ish emas!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!