Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9’ning yangi versiyasidagi o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  1593
  •  20.01.2018 14:51

Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9’ning yangi versiyasidagi o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati

Xiaomi kompaniyasi o‘z smartfonlarining foydalanuvchilarini muntazam xursand qilib, qurilmalari uchun MIUI operatsion tizimining yangi talqinlarini taqdim etib keladi. Jumladan, model raqami 8.1.18 bo‘lgan MIUI 9 proshivkasi hozircha beta-versiya tarzida bo‘lib, ayni damda uni beta-testerlar sinab ko‘rishmoqda. Lekin tez orada mazkur talqin barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi.

O‘QING: Xiaomi’ning MIUI 9 beta-testerlari jamoasiga qo‘shilasizmi?

Global talqindagi MIUI 9 (8.1.18) proshivkasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar va foydalanuvchilarga taqdim etilgan yangi imkoniyatlarning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha:

Galereya:

  • Joyni bo‘shatish uchun lokal saqlagich optimizatsiya qilingan.

Tizim:

  • To‘liq ekranli modellarda «Orqaga» ishoralari uchun animatsiyalar takomillashtirilgan;
  • To‘liq ekranli ishoralar ekran tugmachalariga muqobil usulga aylangan;
  • To‘liq ekranli ishoralar uchun alohida yo‘riqnoma qo‘shilgan;
  • Qurilma o‘chirib-yoqilganidan keyin ishoralar yana ishlay boshlagan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarida MIUI 9’ning ajoyib funksiyasini faollashtiramiz (+video)

Akkumulyator:

  • Holat qatoridagi quvvat darajasi aniq ko‘rsatiladi;
  • Kutish rejimida quvvat sarfi kamaytirilgan.

Kamera:

  • Arab tilidagi interfeysning noto‘g‘ri aks ettirilishi bilan bog‘liq xatolik to‘g‘rilangan.

Sozlamalar:

  • «Xavfsizlik» bandi endi «Maxsus imkoniyatlar»da qaytarilmaydi.

Line

  • Bluetooth-garnituradan foydalanishdagi Line ANR xatoligi bartaraf etilgan.

O‘QING: MIUI 9’gacha yangilanadigan 40ta Xiaomi bitta ro‘yxatda!

Payqaganingizdek, MIUI 9 tizimining yangi talqinida eng foydali o‘zgarishlardan biri – telefon kutish rejimida turgan payti akkumulyator quvvatining kam sarflanishi bo‘lgan. Bu bilan qurilmaning avtonomlik muddati qanchalik oshishi hozircha ma’lum emas, ammo, hamonki ishlab chiqaruvchi buni alohida qayd etayotgan ekan – farq jiddiy bo‘lsa kerak.

MIUI 9 talqinidan tashqari, Xiaomi o‘z operatsion tizimining yubiley versiyasi – MIUI X yoki MIUI 10 ustida ham ishlamoqda.

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI X tayyorlayotganini tasdiqladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!