Xiaomi va Nokia patent bitimini tuzishdi

  •   DiMaX
  •  1101
  •  05.07.2017 17:29

Xiaomi va Nokia patent bitimini tuzishdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi hamda Finlyandiyaning Nokia telekommunikatsion giganti uyali aloqa standartlariga patentlar bo‘yicha kross-litsenzion bitim imzolashdi. Bu haqda Nokia o‘z saytida ma’lum qilgan.

Kelishuv doirasida xitoyliklar kompaniyasi Nokia’ning patent aktivlaridan bir qismiga egalik qiladigan bo‘lgan va uning tarmoq uskunalaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. Mazkur hamkorlikning moliyaviy shartlari oshkor etilmayotir.

Ma’lum bo‘lgani shuki, kompaniyalar optik transport tarmoqlarini qo‘llagan holda ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun interkonnekt yechimlari, yaqinda taqdim etilgan Nokia FP4 protsessori bazasida ma’lumotlar uzatish tizimlari vaboshqalar ustida hamkorlikda ishlashadi.

Shuningdek, Xiaomi va Nokia «Buyumlar interneti», to‘ldirilgan/virtual reallik va sun’iy ong kabi sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Nokia smartfonlarida Xiaomi protsessorlari qo‘llanishi haqidagi gap-so‘zlar esa o‘z isbotini topmadi.

Sotib olgan patentlari Xiaomi’ga yangi bozorlarga chiqishga yordam berishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.