Xiaomi vitse-prezidenti Facebook’da virtual reallik yo‘nalishini boshqaradi

Xiaomi vitse-prezidenti Facebook’da virtual reallik yo‘nalishini boshqaradi

Xiaomi vitse-prezidenti Xyugo Barra Xitoy kompaniyasida uch yarim yil ishlagach, yana AQShga qaytishini e’lon qildi. U 2008-2013 yillarda Google kompaniyasida Android operatsion tizimini takomillashtirish bilan shug‘ullangan., deb yozmoqda IXBT nashri.  Xyugo Barra mazkur dasturni yaratgan mutaxassislardan biri hisoblanadi. U 2013 yilda Xiaomi jamoasiga qo‘shiladi va ushbu brend mahsulotlarining rivojlantirishda qatnashadi.

Facebook asoschisi Mark Sukerbergning yozishicha, Barra bundan buyon Facebook kompaniyasida virtual reallik yo‘nalishini boshqaradi. Jumladan, u Oculus Rift garniturasini takomillashtirish va virtual reallik uchun zarur dasturiy ta’minotlarni yaratish bilan shug‘ullanadi.

Sukerberg Barraning Facebook kompaniyasiga qo‘shilishi virtual realliktexnologiyalarini yanada kuchaytirishiga ishonmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!