Xitoy giganti MacBook`ning arzon nusxasini chiqaradi

Xitoy giganti MacBook`ning arzon nusxasini chiqaradi

Xiaomi`ning e’lon qilinmagan noutbukining ilk rasmlari MyDrivers resursida paydo bo‘ldi. Insayder tasdiqlashicha, xohlovchilar mazkur noutbukni yozgi ta’tilda xarid qilishlari mumkin. Demak, bunga ko‘p vaqt qolmagan.

“MacBook qotili» haqida nimalar ma’lum

Xiaomi noutbukining tavsifi oshkor qilinmadi, biroq qurilma to‘g‘risidagi ilk mish-mishlar joriy yilning bahorida tarqagandi. Kompaniya qurilmani yozning boshida taqdim qilmoqchi edi. Lekin noutbukni yanada mukammal holga keltirish uchun taqdimotni yozning o‘rtasiga surishga qaror qildi.

Insayderlarning qayd etishicha, noutbuk Intel chiplari asosida qurilgan. Taqdimotga tayyorlanayotgan Xiaomi`da yana shunday ma’lumot borki, 12,5- dyuymlik noutbuk Windows 10 boshqaruvi ostida ishlaydi.

U maktab o‘quvchilari, talabalar va ijtimoiy tarmoqlarning faol ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan. Shu bois, kompaniya uning narxnini ham shu asosda beligilashi kutilmoqda.