Xitoyda 3.4 million dona iPhone SE’ga buyurtma berishga ulgurildi

Xitoyda 3.4 million dona iPhone SE’ga buyurtma berishga ulgurildi

Apple oldingi hafta yakunida eng so‘nggi smarfton – 4 dyuymli iPhone SE uchun dastlabki onlayn va oflayn buyurtmalarni qabul qilishni boshlagan edi. A9 asosiy protsessori, 2 Gb tezkor xotira,: 12 MP bosh, 1,2 MP old kamera va 1642 mA·s akkumulyatorga ega smartfon bahosi $ 399 dollar.

Apple’ning mobil qurilmalarni yetkazib beruvchi kompaniyalar orqali mijozlardan oldindan buyurtma olish qarori jahonning turli mamlakatlarida joylashgan mobil qurilmalar yetkazib beruvchilari va Apple’ning dillerlari binosi oldida uzun navbatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Hozircha savdolar bo‘yicha rasmiy statistika ma’lum bo‘lmasa ham, Slice Intelligence tahlil-tadqiqot kompaniyasi iPhone SE smartfoni savdosi u qadar ham muvaffaqiyatli boshlanmagani to‘g‘risida xabar tarqatmoqda.

Slice Intelligence muassasasi tahlilchilarining kompaniya xaridorlarga yuborayotgan elektron kvitansiyalarga asoslanib xabar tarqatishicha, haftaning so‘nggi kuniga qadar amalga oshirigan savdo sur’ati iPhone SE’ning sotilish tempi juda past.

Ya’ni, iPhone SE’ga berilgan onlayn buyurtma miqdori iPhone 6 smartfoni uchun xuddi shu davr oralig‘ida amalga oshirilgan savdo hajmining bor-yo‘g‘i 3 foizini tashkil qilmoqda.

iPhone 6s gadjeti sotuvga chiqqach, uning 2-3 kunlik savdo hajmi iPhone 6’nikidan 54% foiz yuqori bo‘lgan.

Ammo, Amerikaning CNBC kanali tomonidan xabarda aytilishicha, xitoylik ayfon ixlosmandlari Apple’ning iPhone SE gadjeti uchun yetkazib beruvchilarga 3.4 million dona smartfon uchun buyurtma berishga ulgurishgan.

Ayniqsa, gadjetning tillarang talqiniga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lib, 1.3 million nafar mijoz aynan shu rangli qurilmaga buyurtma bergan.

Apple’ni kompaniyada smartfonlarning savdo hajmini ko‘tarish uchun endi rivojlanayotgan va turmush tarzi yuksalib borayotgan Osiyo mamlakatlarini uchun ishlab chiqara boshlagan, ekspertlar Xitoy va Hindiston mazkur gadjet uchun yirik bozor ekanligini taxmin qilishgan edi.

Tahlilchilarning fikricha, iPhone SE smartfonini sotib oluvchi mijozlarning kamida 35 foizini so‘nggi ikki yilda ayfonning biror modelidan foydalanganlar tashkil etadi.

Bu ko‘rsatkich iPhone 6s’ni sotib olgan foydalanuvchilari o‘rtasida 49 foizni tashkil qilgan. Ya’ni, xaridorlarning deyarli teng yarmi ayfonning biror modelidan foydalangan. Bu esa ayfon SE’ga bo‘lgan talabning tushib ketishini ko‘rsatadi.

Yana bir qiziq ma’lumot shuki, iPhone SE’ni internet orqali sotib olgan mijozlarning 16 foizi Android qurilmalari foydalanuvchilari ekan.

Mazkur smartfon 31 martdan boshlab erkin savdoga chiqariladi.