Xorazmda mobil aloqa sifati qoniqarlimi?

Xorazmda mobil aloqa sifati qoniqarlimi?

Hozirda viloyatimiz aholisini mobil aloqa xizmatlari bilan ta’minlash, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini davlat tomonidan nazorat qilish bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi Gis.uz.

Bo‘linma tomonidan Xorazm viloyati hududida mobil aloqa operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, aholi kam istiqomat qiladigan hududlar mobil aloqa bilan to‘liq qamrab olinmaganligi, bu esa o‘z navbatida, ushbu hududlar aholisi tomonidan bo‘ladigan murojaatlar sonining ko‘payishiga olib kelayotganligini inobatga olgan holda mobil aloqa operatorilarga mazkur hududlarda yangi tayanch stansiyalarini o‘rnatish yuzasidan takliflar kiritildi.

Kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha 2017 yil davomida mobil aloqa operatorlariga, jumladan “Unitel” MChJ (Beeline) ga 2 ta ko‘rsatma, 1 ta ogohlantirish xati va korxona aybi bilan yuzaga kelgan murojaatlar bo‘yicha 9 ta xat chiqarildi, “Coscom” MChJ (Ucell)ga 1 ta ogohlantirish xati va 6 ta xat taqdim etildi va ularning ijrosi ta’minlanmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va meyoriy hujjatlari talablarini buzilganligi uchun “Unitel” MChJning G‘arbiy hududiy filiali mas’ul hodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 153-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasidagi eng kam oylik ish haqining 1 (bir) barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!