Xushxabar: kuchsizroq smartfonlar uchun yengillashtirilgan Gmail Go chiqdi

  •   DiMaX
  •  890
  •  15.02.2018 10:02

Xushxabar: kuchsizroq smartfonlar uchun yengillashtirilgan Gmail Go chiqdi

Google kompaniyasi nisbatan kuchsiz texnik ta’minotga ega, hamyonbop smartfonlar uchun o‘z operatsion tizimining maxsus talqini – Android Goni taqdim etganidan xabaringiz bor. Uning uchun yengillashtirilgan ilovalar ham ishlab chiqilmoqda.

O‘QING: «iOS’lashgan» Android O tizimidagi 10 ilg‘or jihat

Google Play ilovalar katalogiga Gmail pochta kliyentining ham Android Go’da ishlovchi smartfonlar uchun moslashtirilgan varianti joylandi. Undan ortiqcha unsurlar olib tashlangan va dasturning o‘zi nisbatan kuchsiz smartfonlarga moslashtirilgan. Aniqlik uchun mazkur ilovaning nomiga ham «Go» qo‘shimchasi qo‘shilgan – u Gmail Go deb nomlanadi.

Ilovalar do‘konidagi boshqa yengillashtirilgan dasturlar singari, Gmail Go ham originaldagidan ko‘ra kamroq jihozlarga ega. Shuningdek, uni Android 8.1 talqinidan oldingi operatsion tizimlar boshqaruvi ostidagi smartfonlarga o‘rnatib bo‘lmaydi.

O‘QING: Google Maps’ning yengil talqini – Maps Go’ni istalgan Android-qurilmaga o‘rnatamiz

Android Go dasturiy loyihasi shu nomdagi smartfonlarga yengillik yaratish maqsadida boshlangan Google tashabbusi hisoblanadi. Bunaqa smartfonlar boshlang‘ich darajadagi protsessorga va ko‘pi bilan 1 gigabayt hajmli tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Shunga yarasha, narxlari ham arzon bo‘lgani sababli, ular rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat aholisi uchun qo‘l keladi.

Android Go operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi smartfonlar egalari Gmail Go ilovasini mana bu havola orqali Google Play do‘konidan bepul yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: Eng arzon smartfonlar: ularga qanday protsessorlar qo‘yiladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!