Xushxabar: «O‘zbekenergo»ga endi Telegram orqali murojaat etish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1663
  •  24.01.2018 18:40

Xushxabar: «O‘zbekenergo»ga endi Telegram orqali murojaat etish mumkin!

Telegram messenjeri ommalashib, turli kompaniyalar unda o‘z kanallarini ochishda, botlarini yaratishda davom etishmoqda. Jumladan, aholi «O‘zbekenergo» aksionerlik jamiyatining ushbu messenjerdagi kanali orqali uning yangiliklaridan boxabar bo‘lib kelmoqda.

O‘QING: Prezidentning rasmiy Telegram-kanali ochildi

«O‘zbekenergo»ning Telegram-kanalida xabar qilinishicha, endi iste’molchilar ushbu Jamiyatga messenjer orqali ham murojaat etishlari mumkin.

Xabarga ko‘ra, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni o‘rganish maqsadida «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatining xalq bilan muloqot qilishi yanada osonlashtirildi.

Endi respublikamiz aholisi «O‘zbekenergo bilan muloqot» kanali orqali murojaatlarni «O‘zbekenergo» AJga yo‘llashlari mumkin. Yo‘llangan murojaatlar shaxsan Jamiyat Boshqaruv Raisi nazoratida o‘rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi.

Iste’mochilar kanalga murojaat yuborish uchun @uzbekenergo_admin nikli foydalanuvchiga yozishlari lozim.

O‘QING: «Terabayt.Uz» tavsiya etadi: foydali Telegram-kanallar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!