XXI asrning eng uzoq davom etadigan oy tutilishi

  •   Saroy
  •  5469
  •  25.07.2018 15:55

XXI asrning eng uzoq davom etadigan oy tutilishi

27 iyulda Oy tutilishi sodir bo‘ladi va  u zamonamizning o‘ziga xos noyob tabiat hodisasiga aylanishi mumkin. NASAning xabar berishicha, ushbu Oy tutilishi XXI asrning eng uzog‘i sanaladi. Ayrim omadi chopganlar bu hodisani o‘z ko‘zlari bilan ham kuzata oladilar, chunki Oy tutilishi bir soatu 43 daqiqaga cho‘ziladi. 

Oy tutilishi hodisasi Yerning Quyosh bilan Oy orasida turib qolishi natijasida yuz beradi. Shunda Yerning soyasi Oyga tushadi, to‘g‘rirog‘i, ushbu uchchala osmon jismi ham bir chiziqqa tizilishadi

O‘QING:Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?

 

Oy tutilishining eng uzoq vaqti, ya’ni boshlanishidan to tugagunicha uch soatu 55 daqiqa o‘tadi. Oyning Yer soyasi bo‘ylab to‘liq kesib o‘tishiga aynan shuncha vaqt ketadi.

O‘QING:Mars sayyorasida muz bloklari qayerdan paydo bo‘ldi?

Oy tutilishini ba’zan «qonli Oy» ham deb atashadi. Bu Yer yo‘ldoshining tutilgan vaqtida to‘q-qizil tusga kirishi bilan bog‘liqdir.

Bu vizual effekt bilan bog‘liq bo‘lib, yer yuzasidan o‘tayotgan quyosh nurlari Yer atmosferasida yutilib, keyin qisman  Oygacha yetib borishi hodisasi hisoblanadi. Chunki yer atmosferasi spektr qismidagi qizil-sariq nurlarning haddan ortiq shaffof. Aynan, ushbu nurlar Oy tutilganda uning yuzasiga yetib boradi, natijada Oy gardishi qip-qizil tusga kiradi. Qo‘yosh chiqishi va botishi ham shu sababli qizil rang oladi.

Bundan tashqari, 27 iyulda Oy apogeyaga kiradi, ya’ni Yerdan maksimal darajada uzoqlashadi.

To‘liq Oy tutilishini sayyoramizning Yevropa, Afriki, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va  Avstraliya mintaqalarida kuzatish mumkin. Faqat, Shimoliy Amerikada istiqomat qilayotgan odamlar ko‘rmaydi. Sharqiy va Janubiy Amerikada qisman ko‘rinadi.

Oy tutilishini ko‘rish uchun teleskop shart emas, biroq binokl asqotishi turgan gap.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!