Yandeks Windows 10 qurilmalari uchun Yandeks.Karti ilovasini chiqardi

Yandeks Windows 10 qurilmalari uchun Yandeks.Karti ilovasini chiqardi

Yandeks kompaniyasi Windows 10 platformasida ishlaydigan qurilmalar uchun Yandeks.Karti ilovasini chiqardi, deb yozmoqda 4PDA nashri.

Servis Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarga qarashli batafsil xaritalarni o‘z ichiga oladi. Ilova orqali onlayn rejimda 1843 ta shahar xaritalaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, zarur fragmentlarni oldindan qurilmaga yuklab olgan holda internet ulanishisiz ma’lum joylarning xaritalarini ko‘rish imkoniyati ham mavjud.

Yandeks.Karti ilovasi muayyan manzildagi turli muassasalarga doir ma’lumotlarni taqdim etishdan tashqari, haydovchilarga tirbandliklarni aylanib o‘tgan holda harakatlanish variantlarini ham taklif qiladi. Ko‘zlangan manzilga yetib borish uchun avtomobil va piyodaga mo‘ljallangan marshrutlarni o‘rnatish mumkin.

Ilovani yuklab olish uchun havola.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!