Yangi 3D-televizorlar ishlab chiqarilmaydi

Yangi 3D-televizorlar ishlab chiqarilmaydi

Jahondagi birorta yirik televizor ishlab chiqaruvchilari 2017 yilda 3D funksiyasiga ega bo‘lgan televizorlar ishlab chiqarishi haqida e’lon qilmagan. CNET nashriga bergan xabarida LG Electronics vakili bundan buyon Janubiy Koreya kompaniyasi HDR texnologiyasiga jiddiy e’tibor qaratishini ma’lum qilgan.

3D News nashrining yozishicha, Sony kompaniyasi ham  xuddi shunday yo‘nalishda borishni rejalashtirgan.  Samsung va Philips kompaniyalari esa 2016 yildayoq televizorlarda 3D-texnologiyasidan voz kechishlarini e’lon qilishgan edi. Shu bilan birga, Sharp, TCL va Hisense singari kompaniyalar ham mazkur segment uchun televizor tayyorlamoqchi emas.

NPD Group tahlillariga ko‘ra, 2015 yilda 3D-televizorlarning jahon bozoridagi ulushi 16 foizni tashkil qilgan, 2016 yilga kelib esa ushbu ko‘rsatkich 8 foizga tushib ketgan. Hozirda ishlab chiqaruvchilar televizordagi tasvir sifatini yaxshilaydigan Ultra HD va HDR kabi yangi texnologiyalarga urg‘u berishmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!