Yangi messenjerni kutib oling – TamTam!

  •   DiMaX
  •  2275
  •  26.05.2017 10:38

Yangi messenjerni kutib oling – TamTam!

Mail.Ru Group o‘zaro xabarlar almashish imkonini beruvchi TamTam mobil messenjerini ishga tushirdi. Yangi servis foydalanuvchilarga o‘z telefoni ro‘yxatidagi kontaktlar bilan xabarlashish hamda Mail.Ru Group loyihalari foydalanuvchilari orasidan do‘stlar topish imkonini beradi.

TamTam ilovasi orqali matnli xabar yozishishdan tashqari fotosuratlarni, videolavha va audioyozuvlarni ham yuborish mumkin. Biroq ovozli qo‘ng‘iroqlar amalga oshirish imkoni yo‘q.

Messenjerda maxfiy yoki umumiy kanallar ochish ham mumkin. Biror kanalni topish uchun esa ilovaning asosiy qidiruv satriga kanal nomini yozib izlash kerak bo‘ladi.

Internet sekin bo‘lgan holatlarda ham TamTam yaxshi ishlaydi, deya va’da qilishmoqda Mail.Ru Group vakillari. Xabarlarni oflayn-rejimda ham yuborish mumkin bo‘ladi: bunda jo‘natilgan xabarlar telefon internetga ulanishi bilan ketadi.

Aytish kerakki, TamTam servisi «OK Soobщyeniya» messenjeri asosida yaratilgan va bundan buyon ilovalar do‘konlarida uning o‘rniga chiqariladi. Uni iOS tizimli devayslar hamda Android tizimidagi gadjetlarga ko‘chirib olib o‘rnatish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!