«Youth mobile» tanlovida g‘olib TATU talabasi 12,5 million so‘m mukofot oldi

  •   DiMaX
  •  805
  •  04.06.2019 07:51

«Youth mobile» tanlovida g‘olib TATU talabasi 12,5 million so‘m mukofot oldi

YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida mobil ilovalar yaratish bo‘yicha «Youth Mobile» tanlovida o‘tkazildi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: TATUda KOICA’ning 3 million dollarlik loyihasi!

Jumladan, universitetning Kompyuter injiniringi fakulteti 2-kurs talabasi Sayyora Rahimova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 12 million 500 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu fakultetning informatika asoslari kafedrasi yosh o‘qituvchisi Zarnigor Fayzullayeva esa 2-o‘rinni egallab, 4 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tanlov 2018 yilning noyabrida boshlangan bo‘lib, finalda talabalarning 10 ta ishlanmasi namoyish etildi. G‘olib talabalarning mobil ilovalari Google Play va AppStore onlayn-do‘konlariga joylashtiriladi, deyiladi xabarda.

O‘QING: O‘zi talaba. Yana talaba-dasturchilarga 4 million so‘mdan oylik beradi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!