YouTube mobil ilovasida to‘qrang interfeysni yoqamiz

  •   DiMaX
  •  1851
  •  14.03.2018 11:22

YouTube mobil ilovasida to‘qrang interfeysni yoqamiz

Google kompaniyasi mobil qurilmalarga mo‘ljallangan YouTube ilovasining yangilangan talqinini taqdim etdi. Unda foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar mavjud.

O‘QING: Qanday qilib YouTube videolarini ko‘chirib olish mumkin?

YouTube mobil ilovasiga ushbu yangilanish bilan joriy etilgan muhim imkoniyatlardan biri – interfeysning to‘qrang rejimi qo‘shilishi bo‘ldi. Bu bilan smartfon sohiblariga kamida ikkita qulaylik taqdim etildi. Avvalo, mazkur rejim tungi mobil tomosha uchun juda asqotadi – ekran yorug‘ligi past bo‘lgani bois ko‘zni uncha charchatmaydi. Qolaversa, to‘qrang interfeys OLED-ekranli qurilmalarning akkumulyatori quvvatini tejashga yordam beradi. Zero, bunday turdagi ekranlarda qora rangli hududlarga juda kam energiya sarf etiladi.

To‘qrang interfeysli rejimni yoqish uchun yangilangan YouTube ilovangizning yuqori o‘ng burchagida joylashgan foydalanuvchi belgichasiga bosasiz, sozlamalariga o‘tasiz va tegishli opsiyani faollashtirasiz.

Agarda ushbu opsiya ko‘rinmasa, demak – hali ilovaning apdeyti sizga yetib kelmagan ekan; yangilanganidan keyin qayta urinib ko‘rsangiz bo‘ladi. Apple devayslari uchun ushbu apdeyt allaqachon App Store ilovalar katalogiga kiritilgan. Tez orada u Google Play marketiga ham joylansa kerak.

O‘QING: 2017 yilgi eng ommabop videolar: taycha raqs, labini qimirlatmay gapiruvchi qizcha va Tramp inauguratsiyasiga parodiya!

Aytish kerakki, YouTube servisining veb-versiyasida to‘qrang interfeys rejimi 2017 yilning may oyidanoq joriy etilgan. Undan foydalanish uchun yuqori o‘ng burchakdagi foydalanuvchi belgichasini bosasiz, menyudagi «Tungi rejim» («Nochnoy rejim») bandi ustiga bosib, keyin uni faollashtirasiz.

Darvoqe, mana bu havola orqali «Terabayt.Uz» saytining YouTube-kanaliga ham obuna bo‘lib qo‘yish esingizdan chiqmasin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari kafolat shartlarini bilib oling va Redmi 5 Plus videotavsifini tomosha qiling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!