Zukerbergning akkauntlarini xakerlar “ishg‘ol qilishdi”

Zukerbergning akkauntlarini xakerlar “ishg‘ol qilishdi”

“Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogda 40 mingdan ortiq obunachilari bo‘lgan OurMine guruhi mazkur xakerlik hujumi ortida turganini bo‘yniga olgan”, deya xabar bermoqda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, Zukerbergning 2012 yildan buyon foydalanilmayotgan Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntiga ushbu akkauntni buzish haqida xakerlardan xabar kelib tushgan. Mazkur post mualliflarining bayonot berishlaricha, ular tizim himoyasining mustahkamligini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar va Facebook asoschisiga ular bilan bog‘lanishni taklif qilganlar.
Sahifa egasi OurMine guruhiga ularda uning akkauntlariga bog‘lanish uchun imkoniyat yo‘qligini aytib, ikkala xabarni ham o‘chirib yuborgan. Biroq Engadget sayti mazkur yozishmadan skrinshot olishga ulgurgani xabar qilingan.
Avvalroq, 6 iyunda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi 100 milliondan oshiq akkauntlarning ma’lumotlar bazasi darknetda bir bitkoinga (qariyb 570 dollar yoki 37,3 ming rubl) savdoga qo‘yilgani haqida xabar tarqalgan edi. Mazkur ma’lumotlar bazasini Peace nikli xaker savdoga qo‘ygan.
Uning aytishicha, ushbu ma’lumotlar 2011-2013 yillar mobaynida sizib chiqqan. Bundan ko‘rinadiki, o‘sha paytlarda ayrim akkauntlar telefonlarga bog‘lanmagan bo‘lgan. Haqiqatan avval ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu talab qilinmas edi. Bazada 100544934 ta akkaunt haqida ma’lumot saqlanmoqda. Mazkur ma’lumotlar tarkibiga ismlar, familiyalar, email, telefon nomerlari va foydalanuvchilar parollari ham kirgan.
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!