Yangilangan barcha Windows’larda muammo – birorta ham antivirus ishlamay qoldi! Lekin yechimi bor...

Barcha talqinlardagi Windows operatsion tizimlari yangilanganidan so‘ng chet antiviruslar – Sophos, Avira, ArcaBit, Avast, McAfee va boshqalari bilan «kelisha olmay» qolgan.

Windows 10 tizimidan Internet Explorer’ni olib tashlashning ikki usuli

Internet Explorer brauzeri allaqachon iste’moldan chiqib bo‘lgan esa-da, baribir hozirgacha Windows 10 tizimining standart jamlanmasida mavjud. Uni tizimdan o‘chirib tashlashning esa ikkita usuli bor...

Taxt uchun kurash: Acer dizaynerlar va ishlab chiqaruvchilar qalbidan o‘rin olish maqsadida kurash boshladi

Acer dizaynerlar, animatorlar, arxitektorlar, dastur ishlab chiquvchilari va boshqa kontent yaratuvchilari uchun mo‘ljallangan yangi ConceptD brendini bozorga chiqarishi haqida e’lon qildi.

Microsoft’ning kutilmagan qarori: u Windows 8 tizimini muddatidan avval «o‘ldiryapti»!

Buni dastlab tajribali foydalanuvchilar payqab qolishgan, ular bu haqda internetda turli foruvlarda yoza boshlashgach, Microsoft rasman e’lon qilgan.

Acer ConceptD – kontent yaratuvchilar uchun yangi noutbuk va boshqa gadjetlar turkumi

Nyu-Yorkda taqdimoti o‘tkazilgan ConceptD – yuqori sifatli mahsulotlarining premial lineykasi bo‘lib, shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, monitorlar va Windows Mixed Reality garniturlarini o‘z ichiga oladi.

Kompyuter va noutbukni fleshka va qattiq disklarni xavfsiz sug‘uriladigan qilib sozlaymiz

Kompyuter va noutbuklardan tashqi xotira qurilmalari – fleshka va qattiq disklarni birdaniga uzib qo‘yish xavfli. Quyida shuni xavfsiz qilib qo‘yish va uni tezlashtirish yo‘lini bilib olamiz.

Windows 10 May 2019 Update taqdim etildi: yangilanishlarni endi o‘zingiz boshqara olasiz!

Endi foydalanuvchiga yangilanish tayyor ekanligi haqida bildirishnoma keladi; uni hozir o‘rnatish yoki 35 kungacha pauza qilib turish har kimning o‘z ixtiyorida bo‘ladi.

Taqdimotlar to‘lqini: Xiaomi birdaniga naq 20 ta mahsulot namoyish etdi!

Bulardan tashqari, kompaniya yana «Xiaomi sizni fazoga yo‘llaydi» («Xiaomi Takes You to Space») nomli dasturini ham e’lon qilgan. Uning qanaqa dastur ekani esa mana shu 9 kun mobaynida aytiladi.

Microsoft yangi versiyadagi Surface Book 2’ni taqdim etdi

Surface Book 2 modelini Microsoft yangi versiyada namoyish qildi. Endi uning 13,5 dyuymlik, sakkizinchi avlod to‘rt yadroli Intel Core i5-8350U protsessoriga ega talqini ham chiqdi.

55 daqiqada 20 ta anons: 1 aprelda Xiaomi nimalarni taqdim etyapti?

Posterda ko‘zoynak, akkumulyator, soat, «aqlli» kolonka, virtual reallik shlemi, noutbuk va hatto raketa ham tasvirlangan! «ROY» yozuvi esa Xiaomi Mi 9 flagmanining maxsus versiyasiga ishora qilmoqda...

Xakerlar ushbu kompaniyaning noutbuk va kompyuterlarini egalariga sezdirmasdan boshqarib kelishayotgan ekan!

Ishlab chiqaruvchining o‘zi bu nuqson haqida foydalanuvchilarga xabar bermagani bois, mashhur antivirus kompaniyasi ushbu xakerlik hujumi bo‘yicha ularni ogohlantirib, yangilanishlarni o‘rnatib olishga chaqirgan.

ASUS, Acer, Lenovo, HP va Dell noutbuklarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 23 mart)

Xaridlar Toshkentda 12 ish soati, viloyatlar markazlariga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da mijozlar uchun qulay bo‘lgan to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

JOSUSLARDAN SAQLANING: Windows 10 tizimida veb-kamerani o‘chirib qo‘yamiz

AQSh Federal qidiruv byurosi direktori – 2016 yili bir terrorchining iPhone’ini blokdan chiqarib berishlari uchun xakerlarga millionlab dollar to‘lagan kishi ham, veb-kameralarni yopib qo‘yishni maslahat bergan.

Kompyuterlar uchun beshta bepul «shohona jang» o‘yini

«Shohona jang» yoki «Battle Royale» o‘yin janrida oxirida bitta jangchi qolgunicha hamma geymerlar o‘zaro olishadi. Bugun biz kompyuterda bepul o‘ynaladigan eng yaxshi beshta «shohona jang» o‘yinini tavsiya etamiz.

Windows’ning ko‘pchilik bilmaydigan uchta qulay funksiyasi

Microsoft dasturchilari Windows operatsion tizimiga muntazam tarzda yangi funksiyalar joriy etib kelishadi. Ammo foydalanuvchilar ko‘pincha ulardan bexabar qolishadi va bu qulayliklardan foydalanishmaydi...

HP ta’lim uchun ikkita modelda himoyalangan xrombuk taqdim etdi

Bu ikkala xrombukning «ichki dunyosi» – apparat qismi o‘zaro juda o‘xshash. Ularning farqi shundaki, birinchisi 360 darajada teskarisiga ham o‘girilishi mumkin, ikkinchisi esa oddiy noutbuk konstruksiyasida.

Lenovo ikki joyidan buklanuvchi qayishqoq ekranli noutbuk tayyorlayapti

Noutbuk korpusi ikki joyidan buklanishi mumkin. Shu bo‘limlardan birida protsessor, xotira va klaviatura joylashadi. Qolgan ikki qismini esa qayishqoq displey egallaydi.

Smartfon displeyidagilarni kompyuterga simsiz uzatishning eng oson yo‘li

Android-smartfon displeyidagi kontentni kompyuter (noutbuk) ekraniga uzatish uchun bu ikkala qurilma ham bitta Wi-Fi nuqtasiga ulangan bo‘lishi hamda Screen Cast ilovasi yetarli, kabelning keragiyam yo‘q.

Dell ikkita monitorli va mutlaqo o‘zgacha konstruksiyali noutbuk tayyorlayapti!

Ushbu noutbuk yig‘ilganida klaviaturali blok o‘rtada, ekran uning ikki yonida qoladi. Yoyilganida foydalanuvchi har ikkala displeyini o‘ziga yoki ulardan bittasini narigi tomonga qaratib ham qo‘yishi mumkin.

Hatto kuzatuv funksiyasi o‘chirilganda ham Windows 10 ayg‘oqchilik qiladi, ammo bunga chek qo‘yishning osongina yo‘li topildi!

Sizning faoliyatingiz ustidan Windows 10 kuzatuvini butkul cheklash uchun bittagina reyestr faylini yuklab olib, ishga tushirish kifoya!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш