Taqdimotlar to‘lqini: Xiaomi birdaniga naq 20 ta mahsulot namoyish etdi!

  •   DiMaX
  •  2704
  •  01.04.2019 18:36

Taqdimotlar to‘lqini: Xiaomi birdaniga naq 20 ta mahsulot namoyish etdi!

Xiaomi kompaniyasi 6 aprel kuni o‘zining 9 yilligini nishonlaydi. Ammo unga bag‘ishlangan Xiaomi 9th Anniversary Mi Fan Festival tadbiri bugunoq bo‘lib o‘tdi.

O‘QING: 55 daqiqada 20 ta anons: 1 aprelda Xiaomi nimalarni taqdim etyapti?

Kutilganidek, kompaniya asoschilaridan biri va vitse-prezidenti, shuningdek, Xiaomi China rahbari bo‘lgan Ven Chuan (Wang Chuan) chiqish qildi. Ya’ni, u yigirmata mahsulotni suratlari va narxlari bilan birga e’lon qildi.

Aytish kerakki, ularning barchasi ham butkul yangi mahsulotlar emas: ayrimlari Xitoy bozoriga ilk bor taqdim etilmoqda, ba’zilarining esa narxlari yangi – arzonlashtirilgan. Bugun hazillar kuni ekanini hisobga olib, Xiaomi ularning orasiga hazil anonslarni ham qo‘shgan; bular – raketa, ulkan gelli ruchka va bog‘ichi o‘zi bog‘lanuvchi krossovkalardir.

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

Haqiqatan ham yangi mahsulotlar orasida esa guruch qaynatgich, simsiz changyutgich, haroratni va namlikni ham o‘lchovchi elektron soat, ratsiya, Xiaomi Mi Notebook hamda Xiaomi Mi Air noutbuklari, bir necha turdagi ko‘zoynak va jomadonlar bor.

Bulardan tashqari, kompaniya yana «Xiaomi sizni fazoga yo‘llaydi» («Xiaomi Takes You to Space») nomli dasturini ham e’lon qilgan. Uning qanaqa dastur ekani esa mana shu 9 kun mobaynida aytiladi.

Ungacha esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan aynan Xiaomi kompaniyasining turli rusumlardagi smartfonlari, kolonkalari, poverbanklari, quloqchinlari, smart-soatlari, fitnes-brasletlari va boshqa mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)