55 daqiqada 20 ta anons: 1 aprelda Xiaomi nimalarni taqdim etyapti?

  •   DiMaX
  •  1184
  •  30.03.2019 09:54

55 daqiqada 20 ta anons: 1 aprelda Xiaomi nimalarni taqdim etyapti?

Xiaomi joriy yilning 1 aprel kuni matbuot vakillari ishtirokida Aisin Buxin nomli yirik tadbir o‘tkazadi. Bu hakda korporatsiya vitse-prezidenti hamda Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) rasman xabar berdi.

O‘QING: MIUI 11 nimalarga qodir: Xiaomi mas’ul xodimi rasman ma’lum qildi

Matbuot anjumanida Xiaomi muassislaridan biri va vitse-prezidenti, shuningdek, Xiaomi China rahbari bo‘lgan Ven Chuan (Wang Chuan) chiqish qiladi.

E’lon qilingan posterda ko‘zoynak, akkumulyator, soat, «aqlli» kolonka, virtual reallik shlemi, noutbuk va hatto raketa ham tasvirlangan! «ROY» yozuvi esa Xiaomi Mi 9 flagmanining maxsus versiyasiga ishora qilmoqda – bu Mi 9X bo‘lishi ham mumkin.

Posterga ko‘ra, tadbir atigi 55 daqiqa davom etadi va unda kompaniya naq 20 ta yangi mahsulotini namoyish etadi. Bu – har bir taqdimotga uch daqiqadan ham kamroq vaqt sarflanadi, deganidir. Bunga ishonish qiyinroq, ehtimol, 1 aprel – hazillar kunidan Xiaomi shu tariqa foydalanayotgandir?

Nima bo‘lganda ham, buni ikki kundan so‘ng bilib olamiz. Ungacha esa terashop.uz internet-do‘konimizdan Xiaomi kompaniyasining turli rusumlardagi smartfonlari, kolonkalari, poverbanklari, quloqchinlari, smart-soatlari, fitnes-brasletlari va boshqa mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)