1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari ishlaydi!

  •   DiMaX
  •  1172
  •  28.11.2020 09:01

1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari ishlaydi!

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, 1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad – elektron sportni rivojlantirishdir.

O‘QING: Eng qimmat o‘yin – Star Citizen fazoviy simulyatorini 2 dekabrgacha bepul o‘ynang! (+video)

Kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:

  • fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
  • har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda ob’yektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!