1 iyuldan Xiaomi smartfonlari global MIUI beta-proshivkadan mahrum etilyapti!

  •   DiMaX
  •  1887
  •  17.06.2019 08:11

1 iyuldan Xiaomi smartfonlari global MIUI beta-proshivkadan mahrum etilyapti!

«Xitoycha Apple» o‘z qurilmalarida yangi imkoniyalarni sinovchilar uchun taqdim etgan beta-test dasturini yopayotganini e’lon qildi. Joriy yilning 1 iyulidan boshlab global talqindagi MIUI beta-proshivkalari to‘xtatiladi.

O‘QING: Xiaomi’ning birinchilar qatorida Android 10 Q’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

Bilasizki, Xiaomi smartfonlari uchun MIUI grafik qobig‘i ikki xil versiyada chiqadi: yakuniy ko‘rinishdagi barqaror proshivka hamda sinovchilar uchun beta-versiya. Barqaror MIUI – kamchiliklari to‘g‘rilangan va yakuniga yetgan, funksiyalari to‘laqonli variant bo‘lib, smartfonlarga shu talqini o‘rnatiladi.

Beta-talqindagi MIUI Global Beta ROM proshivkasini esa foydalanuvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra – mustaqil tarzda o‘rnatib olishlari mumkin. Bu – sinov uchun taqdim etilgan varinat bo‘lib, barcha funksiyalari to‘liq ishlamaydi, kamchiliklari bo‘ladi. Xiaomi uni aynan shuning uchun chiqarib keladi – sinovchilar proshivkaning kamchiliklarini aniqlab, kompaniyaga xabar berishlari va shu asosda nuqsonlarni to‘g‘rilab, barqaror MIUI talqinini imkon qadar mukammal qilib chiqarish ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Redmi'ning navbatdagi smartfoni sizga yoqishi tayin!

Lekin tajribali foydalanuvchilar, qiziquvchilar va dasturchilar uchun joriy etilgan beta-sinov dasturi kerakli natijani bermayotir, deydi kompaniya. Bundan tashqari, hozirgi kungacha Xiaomi hamda Redmi brendlari ostida juda ko‘plab modellarda yangi smartfonlar taqdim etilgan. Ularning har biri uchun ham beta-talqindagi, ham barqaror variantdagi proshivkalarni tayyorlash, ularning kamchiliklari ustida ishlash kompaniya dasturchilarining juda ko‘p vaqtini va kuchini olib qo‘ymoqda.

Shularni hisobga olib, Xiaomi endi beta-sinov dasturini yopishga qaror qildi. Bundan keyin kompaniya asosiy kuchini global MIUI proshivkasining faqat barqaror shakliga yo‘naltiradi. «Xitoycha Apple»ning va’da berishicha, endi yakuniy holatdagi global MIUI yanada yaxshilanadi va avvalgiga nisbatan tez-tez yangilanib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, to‘lov borasida yangi imkoniyatlar ham paydo bo‘lgan...

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!