120 vatt nima bo‘pti – naq 200 vattlik tezkor zaryadlanuvchi smartfon chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  950
  •  09.03.2021 16:00

120 vatt nima bo‘pti – naq 200 vattlik tezkor zaryadlanuvchi smartfon chiqyapti!

Xiaomi kompaniyasi sig‘imi 5000 mA/soatlik akkumulyatori simli usulda 200 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlanuvchi smartfon ustida ishlamoqda. Weibo tarmog‘ida Digital Chat Station ma’lum qilishicha, gadjet yana simsiz hamda reversiv (teskari) quvvatlash texnologiyalari bilan boyitilgan.

O‘QING: Yangi rekord: flagman atigi 12 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulgurdi! («jonli» video)

Aytilishicha, ushbu smartfon yilning ikkinchi yarmida chiqishi kutilmoqda, lekin nazarda tutilayotgan qurilma Xiaomi Mi 11 Ultra bo‘lishi ehtimoli yuqori.

O‘tgan yili rekord darajada tez zaryadlanuvchi smartfonlar reytingida 120 vattlik quvvat oluvchi Xiaomi Mi 10 Ultra modeli g‘olib bo‘lgandi. Hozircha undan tashqari Vivo iQOO 7 va Nubia Red Magic 6 Pro smartfonlari ham 120 Vt da quvvatlanadi.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!