135 dollarlik Redmi 10 rasmiy suratlarda: 5000 mAs, 90 Gs va 50 MP!

  •   DiMaX
  •  3541
  •  16.08.2021 13:48

135 dollarlik Redmi 10 rasmiy suratlarda: 5000 mAs, 90 Gs va 50 MP!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi yaqinda Redmi Note 10 JE rusumli smartfonini taqdim etgan edi. Mazkur kompaniya allaqachon navbatdagi – Redmi 10 modelini ham tayyorlab ulgurgan, ammo rasmiy namoyishidan avval...

O‘QING: Superflagman dizaynli Redmi 10 do‘konga chiqdi: har tomonlama suratlari, va narx xususiyatlari

Kompaniya endi o‘zi ham Xiaomi Redmi 10 smartfonining anonsi yaqin orada bo‘lib o‘tishini aytib, rasmiy tizerlarini e’lon qila boshladi.

Ulardan birida mazkur modelning kvadrokamerasi sun’iy ongli, uning asosiy moduli 50 megapiksellik ekanligi aytilgan.

O‘QING: 108MPlik Redmi Note 10 Pro kamerasi iPhone 12’nikidan zo‘rmi? («jonli» test videosi)

Yana bir posterga ko‘ra, Redmi 10 modelining displeyiga urg‘u berilgan: uning tasvir uzatishi FHD+ formatida, kadr yangilanishi esa 90 gerslik chastotada.

Xabarlarga ko‘ra, Redmi 10 ekranining o‘lchami 6,5 dyuymlik bo‘lib, ustiga Gorilla Glass 3 shishasi yotqizilgan.

O‘QING: DxOMark reytingida arzon Redmi smartfoni kuchli beshlikka kirdi!

Bulardan tashqari, kuni kecha Xiaomi xodimlari ehtiyotsizlik qilib, Redmi 10 namoyishiga bag‘ishlab tayyorlangan sahifani muddatidan avval rasmiy saytga chiqarib yuborishgan. Garchi xatolikni tezda payqab, bu sahifani yana yashirib qo‘yishgan bo‘lsa-da, turli nashrlar undan skrinshot olib ulgurgan edilar.

O‘sha paytda chiqarib yuborilgan quyidagi jadvalda esa mazkur modelning barcha texnik xususiyatlari aks etgan:

Shunday qilib, Redmi 10 modelining apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio G88 protsessori tashkil etadi. Mazkur smartfonni tezkor/doimiy xotirasi 4/64 GB, 4/128 GB va 6/128 GBlik variantlarda sotuvga chiqarishadi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu gadjetning narxi 135 dollardan boshlanadi. O‘zbekistonda sotilayotgan Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlarining 2021 yil 13 avgust sanasi holatiga ko‘ra Mediapark.uz, Asaxiy.uz, Openshop.uz hamda Olcha.uz onlayn do‘konlaridagi narxlari bilan esa mana bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Olimpiya o‘yinlari medalchilari va qatnashchilariga bittadan Xiaomi Mi 11 Ultra hamda Xiaomi Mi 11X hadya etildi!