150 dollarlik Redmi Note 7 qaysi reytingda 1800 dollarlik Galaxy Fold buklama smartfonidan ustun keldi?

  •   DiMaX
  •  4941
  •  21.01.2019 09:49

150 dollarlik Redmi Note 7 qaysi reytingda 1800 dollarlik Galaxy Fold buklama smartfonidan ustun keldi?

Hozirda bozorda turli narx toifalariga mansub smartfonlar mavjud bo‘lib, ularning har biri ham o‘z xaridoriga ega. Shunga yarasha, telefonlarning ommalashuvchida narx yoki biror konkret xususiyat hamisha ham asosiy omil bo‘lavermaydi.

O‘QING: Smartfonlarning eng ommalashgan parametrlarini bilasizmi?

GSMArena nashri 20 yanvar sanasida shu kunlarda eng ommalashgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Aytish kerakki, mazkur reyting sayt foydalanuvchilarining so‘rovlari asosida avtomatik tarzda tuziladi va har hafta yangi natijalar e’lon qilib kelinadi.

Ushbu ro‘yxatning boshida esa hali taqdimotdan oldinoq bir qator videolari bilan jahon ahlining e’tiborini qozonib ulgurgan Xiaomi Redmi Note 7 turibdi. Buni qarangki, reytingning ikkinchi pog‘onasini «xitoycha Apple»ning hali rasman namoyish etilib ulgurmagan yana bitta – Redmi Note 7 Pro modeli zabt etgan!

O‘QING: 205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!

Ommalashgan smartfonlar reytingidagi uchinchi o‘rin Samsung kompaniyasining Galaxy Fold (Galaxy Folder yoki Galaxy F) buklama smartfoniga nasib etgan bo‘lsa, to‘rtinchi pog‘onada yana Xiaomi mahsuloti – Redmi Note 6 Pro (sotib olish) turibdi. Kuchli beshlikni Samsung Galaxy A7 (2018) (sotib olish) modeli yakunlab bergan.

Keyingi o‘rinlarni esa mos ravishda Huawei Y9 (2018), Xiaomi Pocophone F1 (sotib olish), Samsung Galaxy S8, Huawei Nova 4, Samsung Galaxy A8s modellari egallagan.

O‘QING: Samsung endi Xiaomi bilan bellasha oladi: Galaxy M smartfonlari kutilganidan ham arzon ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!