2018 yil yakunlari: Huawei baribir Apple’ni ortda qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  1412
  •  27.12.2018 18:08

2018 yil yakunlari: Huawei baribir Apple’ni ortda qoldirdi!

Joriy yil oxirlab borayotgan shu kunlarda tahlil kompaniyalari allaqachon texnologiyalar va gadjetlar borasidagi yakunlarni chiqara boshlashdi. Ularga ko‘ra, Huawei smartfonlar bozorida Apple’ni quvib o‘tib, ikkinchi raqamli smartfonsoz bo‘ldi.

O‘QING: Huawei 200 millionlik rekord o‘rnatib, buni ikkita maxsus smartfon chiqarish bilan nishonlayapti!

Aytish kerakki, Huawei iste’molchilarga nafaqat o‘rta narx toifasidagi va hamyonbop smartfonlar, balki ajoyib flagmanlar ham yetkazib berayotir. Xitoylik texnogigant 2017 yilda jami 153 millionta «aqlli telefon» sotgan bo‘lsa, bu yil mazkur ko‘rsatkich 200 millionga yetdi – axir, bu 30 foizlik o‘sish, degani!

Gsmarena.com nashrining ta’kidlashicha, Huawei Technologies’ning bunday yutuqqa erishuvida P20 turkumidagi smartfonlarning hissasi katta.

Umuman, mazkur kompaniyaning telefonlari Xitoyning o‘zidan tashqari Yevropa va Afrika bozorlarida juda ommabop. Osiyo bozorlarida ham uning o‘rni chakkimas, faqat AQSh hukumati bilan kelishmovchiliklar bo‘lganligi bois okean ortida xitoylik gigantning omadi kelmayapti. Qo‘shma Shtatlarda bu kompaniya mahsulotlari taqiqlandi, hukumat Huawei’ning moliyaviy direktorini hibsga oldi... Ammo oxir-oqibatda u baribir Apple’dan ustun keldi!

Shu tariqa, 2018 yili dunyo bo‘yicha smartfonlar bozorida birinchi o‘rinda Samsung, ikkinchi o‘rinda Huawei, uchinchi o‘rinda esa Apple ketmoqda. Ularning ayrim rusumlardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish mumkin – buning uchun yuqorida kompaniyalar nomlariga o‘rnatilgan havola ustiga bossangiz bas.

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!