2018 yilgi iPhone’lar suratlarda solishtirib ko‘rildi

  •   Saroy
  •  1319
  •  28.07.2018 11:36

2018 yilgi iPhone’lar suratlarda solishtirib ko‘rildi

Tarmoqlarda joriy yilda Apple chiqarishni mo‘ljallayotgan yangi iPhone’ning  uchchala apparati ham old paneli bilan jonli suratlarda namoyish qilindi. Fotosuratni latviyalik dizayner Benjamin Geskin (Benjamin Geskin) joylagan va ularni ushbu smartfonlarning renderlari bilan taqqoslagan.

O‘QING:Galaxy Note 9 bilan birga Samsung yana ikkita maxfiy qurilma ko‘rsatmoqchi

Bundan avvalgi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, kelayotgan kuzda Apple ikkita  OLED-modelini chiqaradi. Ularning diagonali 5,8 va 6,5 dyuym bo‘ladi. Yangi iPhone X va iPhone X Plus esa 6,1-dyuymli «arzon» LCD-modeliga ega bo‘ladi, uning shartli nomi hozircha iPhone 9 deb aytilmoqda. Ularning bari romsiz dizaynga ega bo‘lib, foydalanuvchisining yuzidan taniydigan Face ID funksiyasi va A12 tezlashtirilgan protsessor bilan ta’minlanadi. Avvalgi ikki model esa ikkita asosiy kamera, kichigi  esa  oddiy bittalik kamera bilan jihozlanadi.

Suratda va renderlarda iPhone X, iPhone 9 va iPhone X Plus smartfonlarini bir-biri bilan solishtirish mumkin. Shuningdek, 6,1-dyuymli  iPhone 9'ning displeyi atrofi yanada qalinroq ramkaga ega ekanini ham eslatib qo‘yish joiz bo‘ladi.

O‘QING:Apple'ning kuzda kutilayotgan barcha devayslari bilan tanishing